Qozog‘iston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Maktaaral" va "Ordabasi" jamoalari o‘rtasidagi 2-o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda "Ordabasi" yirik g‘alabaga erishdi (4:1) va 1/4 finalga yo‘l oldi.
Mehmonlar safida Bobur Abdixoliqov asosiy tarkibda maydonga tushib, 59-daqiqada almashtirildi. Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Shahboz Umarov zaxiradan maydonga tushdi va jamoasining ikkinchi golida penalti ishladi. Qo‘shimchasiga uchrashuvning 90-daqiqasida u o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Tomonlar o‘rtasidagi 1-bahsda "Maktaaral" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Maktaaral 1:4 Ordabasi
Gollar: 14 - Sandoval (1:0), 66 - Tagirbergen (1:1), 76 - Sadovski (1:2), 84 - Tagirbergen (1:3), 90+2 - Umarov (1:2).













