Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gnabri "Bavariya"ni tark etish niyatida emas

Gnabri "Bavariya"ni tark etish niyatida emas

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Serj Gnabri myunxenliklar jamoasini tark etishni istamayapti. Jurnalist Kristian Falkning so‘zlariga ko‘ra, germaniyalik futbolchiga vaqt berilsa, yana o‘zining eng yaxshi holatiga qaytishi mumkinligiga ishonchi komil.

Shu bilan birga, "Bavariya" rahbariyati Gnabrining o‘yinlariga ishtiyoq bilan qaramayapti va kelayotgan mavsum oralig‘ida futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Serjining o‘zi faoliyatini davom ettirish bo‘yicha hech qanday taklifga quloq solish niyatida emas.

O‘tgan yozda Gnabri "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirdi va maoshini oshirdi. Joriy mavsumda Serj Germaniya chempionatida 10 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:12, 03.05.2023.
O'qildi: 890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.