Xarri Keyn Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
"Tottenxem" hujumchisi Angliya chempionatining 35-turida "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda (1:0) hisobni ochdi. Hozirda 29 yoshli futbolchi APLda 317 ta o‘yinda 209 ta gol urgan.
Keyn liga tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida Ueyn Runidan o‘zib ketdi - "Manchester Yunayted" va "Everton"ning sobiq hujumchisi 491 uchrashuvda 208 ta gol urgan.
Alan Shirer 441 o‘yinda 260 ta gol urgan holda Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib qolmoqda.