Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Samvel Babayan: «Hali shu vaqtgacha optimal tarkibni yig‘a olmadik»

Baho:
+ | -

Superliga 9-turida safarda «Nasaf» bilan durang o‘ynagan «Navbahor» klubi bosh murabbiyi ehtiyotkor o‘yin, raqib, avvalgi o‘yinlarda yo‘qotilgan ochkolar va raqobatchilar haqida gapirdi.

«To‘g‘risini aytsam, durang adolatli natija bo‘ldi. Bugun ikkala jamoa ham ehtiyotkor o‘ynadi. Bugun mamalakatning ikki kuchli va peshqadam jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ancha qiziqarli va shiddatli bo‘ldi. Munosib jamoalar o‘rtasidagi bellashuvda munosib durang. Bugun 9-tur uchrashuvi va aytishim mumkinki, hali optimal tarkibni yig‘a olmadik. Bugun yutqazishga haqqimiz yo‘q edi, boisi o‘zbek futbolidagi ajoyib shaxs va mutaxassislardan biri, ustozimiz Viktor Jalilovning xotirasi uchun ham o‘ynagan edik», - dedi Babayan.

«Bahsning boshidan biroz pastroqda joylashishga majbur bo‘ldik. Buni reja qilmagan edik, ammo shunday bo‘ldi. Kurashlarda raqibga imkoniyatni boy berdik. Ular to‘pni bizdan chaqqonlik bilan yulib olishdi. Sifat bo‘yicha yutqazmagan bo‘lishimiz mumkin, ammo kurashlarda raqibga yutqazdik».

«Tarkibda muammolar bor ekanini aytishim kerak. Avvalgi o‘yinlarda yo‘qotilgan ochkolar uchun hali kurashamiz. Bugun chempionatda bizga qarshi jamoalar katta motivasiya bilan o‘ynashyotganini inkor qilmaslik kerak. Asosiy raqib sifatida aynan bizni ko‘rishayapti».

«Tarkibda Boltaboyev va Hoshimovning yo‘qligi bilindi. Boshqa muammolar ham yetarli. Tarkibga qarasangiz, yoshlar jamoalaridan taklif etilgan yoshlar bor. Ularga ham imkon berishga harakat qilayapmiz».

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:42, 08.05.2023.
O'qildi: 1560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик