“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Le10Sport.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli portugaliyalik futbolchiga "PSJ" da’vogarlik qilmoqda. Futbolchi Parij klubining kelasi mavsumda jamoani qayta qurish maqsadlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Silva joriy mavsumda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













