Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Malika Burhonova: "Futbolchi bo‘lishimga hamma qarshi bo‘lgandi, ammo..."

Malika Burhonova: "Futbolchi bo‘lishimga hamma qarshi bo‘lgandi, ammo..."

Baho:
+ | -

Qarshining «Sevinch» ayollar klubi o‘z an’anasiga sodiq qolib, mamlakat chempionati Oliy ligasi yangi mavsumini ham shiddatli boshladi.

Qarshiliklar dastlabki 3ta tur o‘yinini umumiy 20:1 hisobida o‘z foydalariga hal qilishdiki, bu ko‘p narsadan dalolat bermoqda. «Sevinch»da iqtidorli qizlarni tanlash va ularni professional darajaga olib chiqish yo‘lida tahsinga sazovor ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayni shu tizim samararasi o‘laroq, jamoa kadrlar muammosidan xoli faoliyat yuritmoqda. Maxsus muxbirimiz Qarshi ayollar drujinasida kamol topgan o‘ng qanot yarim himoyachisi Malika Burhonova bilan aynan shu masalalar yuzasidan suhbatlashdi.

— Malika, yurtimizda ayollar futboli endi-endi rivojlanmoqda. Qiziq, sizning qizlar uchun xos sanalgan badiiy gimnastika yoki boshqa sport turi emas, aynan futbolni tanlashingizga nima turtki bergan?
— Buning sababi oddiy. 1999 yilning 22 fevral kuni Qarshi shahridagi geologlar mahallasida tavallud topganman. Uyimiz shundoq «Geolog» stadioni yaqinida joylashgan. Aslida stadionga gimnastika bilan shug‘ullanish maqsadida borgandim, lekin u yerda bir-biridan epchil va chaqqon qizlarning futbol mashg‘ulotida qatnashayotganlarini ko‘rib, beixtiyor ularga havas bilan qaradim: «Nega endi futbol seksiyasiga yozilmasligim kerak? Nima, maydonda shu tengdoshlarimdek yugurib, o‘ynolmaymanmi? Bir sinab ko‘rsam, meni kim koyiydi?» Xullas, shunday ichki tuyg‘u meni futbol mashg‘ulotlariga tortdi va 11 yoshimda «Sevinch» tizimiga kirdim. Muhimi, hozir o‘sha tanlovimdan aslo afsuslanmayapman.

— Biroq shunisi borki, bizda aksariyat oilalarda qizlarning futbol bilan shug‘ullanishlariga qarshilik ko‘rsatishadi. Ya’ni umumtushunchaga ko‘ra, futbol qizlar uchun emas. Bu yo‘lda siz ham qarshiliklarga duch kelgan bo‘lsangiz kerak, ularni qanday yengib o‘tgansiz?
— To‘g‘ri aytasiz, boshida tanlovim qo‘llab-quvvatlanmadi. Deylik, bobom va buvim meni futbolchi bo‘lishim oilaviy qadriyatlarimiz va udumlarimizga uncha to‘g‘ri kelmasligini aytib, qarshi chiqishdi. Qisqasi, yaqinlarim qizlarga xos boshqa sport turini tanlashimni xohlashdi. Lekin futbol meni o‘ziga maftun etgandi va yalinib-yolvorib, rozilik oldim. Muhimi, keyinchalik «Sevinch»da barqaror o‘ynay boshlaganimdan so‘ng oilamizda bu boradagi fikr ijobiy tomonga o‘zgardi. Deylik, o‘yinimni televizor or­qali ko‘rishganida, «Eh, nahotki bu o‘zimizning Malika bo‘lsa...», — deya qoniqish hissini tuyishganini ham bilaman. Endi esa bobom va buvim, ota-onam, opa-singil va ukalarim eng ashaddiy muxlislarim hisoblanishadi. Oila davrasida o‘tirganimizda, yaqinlarimning mendan xursand ekanliklarini ko‘rib, ko‘nglim tog‘dek ko‘tariladi. Ayniqsa, «Sen oilamiz faxrisan» qabilida maqtashca, qo‘shimcha kuch olaman va maydon uzra yanada dadil harakatlanishga intilaman. Menimcha, qizlarning futbol bilan shug‘ullanishlarida, hech qanday yomon tomoni yo‘q. Har holda, mashg‘ulotlar har bir tarbiyalanuvchini sog‘lom hayotga yo‘naltiradi. Eng asosiysi ham shu.

— Bilishimizcha, ziyolilar oilasida kamol topgansiz. Ilmga sho‘ng‘igan oila muhitida sport bilan shug‘ullanish qanday? Hoynaxoh, siz ham oliy ta’lim olishingizni istashgandir...
— Albatta. Otam Husniddin Tursunov o‘qituvchi bo‘lib, rassomchilik iqtidori ortidan o‘z kasbida hurmat-e’tibor topgan. Onam Dilfuza Rahmatova oliy dargohda yoshlarga saboq bermoqda. Opam ham ota-onam kasbini tanlagan — ingliz tili o‘qituvchisi. Singlim esa institut talabasi, ukam hozirda maktab o‘quvchisi. Qisqasi, oilamizda birgina men sportchiman. Shaxsiy fikrimcha, har bir inson qaysi sohani tanlamasin, unda yetuklikka intilsa, bas. Axir hamma ham olim bo‘lavermaydi, jamiyat taraqqiyoti uchun boshqa kasb egalari ham kerak, jumladan, sportchilar.

— Endi futbol sir-asrorlarini qaysi murabbiylardan o‘rganganingizga to‘xtalsangiz?
— Futboldagi birinchi ustozim — Bahrom aka Norsafarov. Qolaversa, Sherali Boboqulov va mini-futbolda Avaz Maqsudov qo‘l ostida ham shug‘ullanganman. Ularning bergan ta’limlari samarasiz ketmadi va 2016 yili «Sevinch»ning asosiy tarkibidan joy oldim. Debyutim esa o‘sha yili «Metallurg»ga qarshi kechgan o‘yinga to‘g‘ri keldi. 16-19 yosh oralig‘ida O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari safida o‘ynadim. Keyinchalik milliy terma libosini ham kiyish baxti nasib etdi. Xususan, Bahrayn termasi bilan bahsda gollarim hisobini ochdim. Abu-Dabi va Moskvada tashkillashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham gol quvonchini tuydim. 2017 yilgi mavsumning ikkinchi davrasidan «Sevinch» asosiy tarkibining to‘laqonli a’zosiga aylandim. Nilufar Qudratova, Maftuna Shoyimova, Gulzoda Amirova kabi klubdoshlar bilan o‘ynash asnosida chempionat va kubok bahslarida shu kunga qadar raqiblar darvozasini chamasi 30 marta nishonga oldim. O‘ylaymanki, murabbiylarim faoliyatimdan xursandlar.

— «Sevinch» nafaqat O‘zbekiston, balki butun Osiyoda mashhur. O‘tgan yili jamoa o‘yinlari yanada barqarorlashdi.
— Hammasi e’tibor va ishonch­ga bog‘liq. Bosh homiy «Sho‘rtangazkimyo» majmuasi bosh direktori va klubimiz prezidenti Shuhrat Aslanovning alohida e’tibori evaziga jamoadagi ba’zi muammolar bartaraf etildi. Ayniqsa, «Sevinch»ning «Nasaf» tizimiga qo‘shilgani taraqqiyotga undadi. Endilikda har ikki jamoa­ga birdek e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, jonkuyar murabbiy Vladislav Xanning «Sevinch»ga qaytgani ham bizni to‘lqinlantirib yubordi. Asosiysi, futbolimiz fidoiysi, marhum Nuriddin Zayniyev va Alisher Sultonov yaratgan maktab mamlakatimizda ayollar futboli ravnaqiga xizmat qilmoqda. Muhtaram Yurtboshimiz va hukumatimiz olib borayotgan oqilona insonparvarlik siyosati sog‘lom turmush tarzining porloq istiqbolidan darak berayotganini alohida ta’kidlash kerak.

— Tabiiyki, «Sevinch» katta maqsadlarga ega. Bu yilgi asosiy vazifalar qanday?
— Albatta, O‘zbekiston chempionati va kubogida zafar quchish barobarida OCHLda ham bosh sovrinni qo‘lga kiritishni xohlaymiz. Mana, chempionatni ko‘tarinki ruhda boshladik. «Sevinch» qizlari o‘z so‘zlarini baralla aytishga qodirlar. Bilamizki, Bibixon, Barchinoy, Nodira va Uvaysiylar aql-zakovatda tengsiz bo‘lishgan, biz esa ayollar futbolida mamlakatimiz dovrug‘ini yuksaklarga ko‘tarish niyatidamiz.                           

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:39, 14.05.2023.
O'qildi: 1498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.