"Liverpul" o‘z futbolchisi bilan yangi bitim imzolashga harakat qiladi. Xabarlarga ko‘ra, mersisaydliklar Trent Aleksander-Arnold bilan yozda yangi shartnoma borasida muzokaralar boshlamoqchi.
24 yoshli himoyachining amaldagi bitimi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan. Bu mavsumda Angliya terma jamoasi a’zosi 4 ta gol va 8 ta assistga mualliflik qildi.