Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Skudetto sharafiga samoda chizgi!

Skudetto sharafiga samoda chizgi!

Baho:
+ | -

Tinib-tinchimas muxlislar nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya...

Mana, «Napoli» logotipi samoda «chizildi» - uchuvchi fanatdan skudetto sharafiga kreativ yondashuv. Neapol jamoasi uzoq kutilgan chempionlikni 4 may kuni rasmiylashtirdi, lekin shaharda bayram hamon bardavom. Neapolliklar Luchano Spalletti drujinasi zafarini nishonlashda original g‘oyalari bilan ham ajralib turishibdi. Samolyotda shahar ustidan uchib o‘tish asnosida «Napoli» logotipini aks ettirish harakatiga nima deysiz?

Samolyot parvozlarini kuzatib boruvchi flightradar24 sayti 9 may kuni «Napoli» muxlislaridan biri g‘alaba sharafiga o‘ta kreativ harakatni amalga oshirganini oshkor qildi. Tecnam P-2008JC samolyotida Kapua (Neapoldan 28 km. uzoqdagi shaharcha)dan havoga ko‘tarilgan uchuvchi fanat Neapol ko‘rfazi tomon kurs oldi va trayektoriya bo‘yicha klub logotipi yuzaga keladigan tarzda aylanib chiqdi. Buning uchun samolyot havoda 1,5 soatdan ko‘proq uchdi. Aniqrog‘i, 98 daqiqa. Napolike.com xabarida aytilishicha, Tecnam P-2008JC - Italiyaning Tecnam Flight Academy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bir dvigatelli mini-samolyot. 40 yil oldin asos solingan kompaniya ikki o‘rindiqli samolyotlarning birinchi partiyasidayoq katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan. Har holda, 2500 mingdan ortiq uchish apparati sotilgan. Kapua shahrida joylashgan Tecnam Flight Academy guruhi haligacha yengil samolyotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

«Napoli» logotipining havoda chizilgani ko‘rsatilgan surat soxta emasmi? Nahotki, mini-samolyotlar parvozi ham shunchalik batafsil kuzatilsa? Ijtimoiy tarmoqlarda hammasi shubhaga olingani bor gap. Yana kimdir nihoyat, AQSHning Netscape korporasiyasi (IT sanoatida 9 yil ishlagan, jumladan, mashhur Netscape Navigator brauzerini yaratgan)ni esga olgani xususida ham hazillar bor. Binobarin, korporasiya xuddi shunga o‘xshash logotipga ega edi.

Skrinshot raqamlashtirilgan flightradar akkauntida berilganini hisobga olsak, bu 99 foizga real parvoz chizgisidir. Uchish kuzatuvi xizmati qanday ishlashi ham tayin: yerda ko‘ngillilar olib yuradigan qabul qiluvchi moslama samolyotlardan maxsus qurilma yordamida uzatiladigan ma’lumotlarni oladi. Masalan, yo‘nalish, tezlik, balandlik. Yevropada xavfsiz parvozlarni ta’minlash uchun har bir mini va katta samolyot maxsus qurilma bilan jihozlangan. Shunday ekan, shaxsiy reyslar ham to‘liq kuzatiladi. Havaskor uchuvchilar buni bilishadi va ba’zan osmonda «chizgi» qoldirishadi.

Ehtimolki, parvoz vositasida klub logotipini aks ettirish «Napoli» chempionligi sharafiga uyushtirilgan eng ajib harakat ham emasdir. Deylik, nea­polliklar chempionlik rasmiylashtirilgan o‘yindan so‘ng Udinedagi «Friuli» stadioni chimini bo‘lak-bo‘lak qilib, taqsimlab olishdi. Esdalik uchunmi? Ehtimol. Lekin ayrimlar chempionlikka «guvoh» chim bo‘laklarini internetda sotuvga ham chiqarishdi. «Napoli» chempion bo‘lsa, yalang‘och holda ko‘rinish berishini aytgan muxlisa Karmen Kakavale esa butun tanasini klub ranglari bilan bo‘yash (bodi-art usuli) asnosida qaltis va’dasi ustidan chiqdi. Lekin samolyot va uning trayektoriyasi ham alohida holat, albatta.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:00, 21.05.2023.
O'qildi: 1546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик