Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Germaniya va Fransiyada chempion nomini qachon bilib olamiz?

Germaniya va Fransiyada chempion nomini qachon bilib olamiz?

Baho:
+ | -

Top-5 ligalar ichida chempion nomi ma’lum bo‘lmagan ikki liga hali ham mavjud. Bular “Bavariya” va “PSJ” o‘ynaydigan chempionatlar ekani esa diqqatga sazovor. Yuqoridagi ikki klub ham chempionat tugashiga hech qanday intriga qoldiradigan jamoalar sirasiga kirmaydi. Bu mavsumda esa ularga yaxshigina raqobatchilar topildi. Demak, ushbu ikki ligadagi asosiy intrigalarni ko‘rib chiqamiz.

Germaniya Bundesligasi

Nima ma’lum:

Chempionlar ligasida "Borussiya D", "Bavariya" va "RB Leypsig" o‘ynaydi;

“Yunion” va “Frayburg” Yevropa musobaqalarida o‘ynaydi;

“Gerta” Bundesligadan chiqib ketdi.

Birinchi raqamli intriga: Kim chempion bo‘ladi?

Haligacha javob topilmagan asosiy savol. Biz “Bavariya”ning muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritishiga o‘rganib qolganmiz, endi esa yana bir klub g‘alaba qozonishga bir qadam qolgan. Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Mayns”ni mag‘lub etsa, chempionlikni naqd qiladi. "Bavariya" o‘z navbatida “Kyoln” uyiga tashrif buyuradi. Ochkolar teng bo‘lgan taqdirda Myunxen klubi chempion bo‘ladi, chunki ularda to‘plar farqi ancha yuqori.

Ikkinchi raqamli intriga: to‘rtinchi o‘rinni kim egallaydi?

"Yunion" yoki "Frayburg". Hozir jamoalar hisobida 59 ochkodan bor, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunlik Berlin klubi tomonida. “Yunion” o‘z maydonida “Verder” bilan o‘ynaydi, “Frayburg”ni esa Frankfurtga qiyin safar kutmoqda.

Uchinchi raqamli intriga: oltinchi o‘rinni kim egallaydi?

“Bayer” (50 ochko), “Volfsburg” (49) va “Ayntraxt” (47 ochko) yevrokuboklardan joy olish uchun da’vogarlik qilmoqda. To‘g‘ri, Frankfurt klubida yana bitta imkoniyat bor "Leypsig" bilan Germaniya kubogi finali. So‘nggi turda “Bayer” mehmonda, “Volfsburg” va “Ayntraxt” o‘z maydonida o‘ynaydi. Eng oson o‘yin Niko Kovach jamoasida, chunki u quyi ligaga tushib qolgan "Gerta" bilan uchrashadi. "Bayer"ni "Bohum" bilan (omon qolish uchun kurashmoqda), "Ayntraxt"ni esa "Frayburg" bilan (to‘rtinchi o‘rin uchun kurash) o‘yin kutmoqda.

To‘rtinchi raqamli intriga: ligani kim tark etadi va kim o‘tish o‘yinida o‘ynaydi?

Jadvalning quyi qismida yuqori zichlik qayd etilgan: “Xoffenxaym” (35 ochko), “Augsburg” (34), “Shtutgart” (32), “Bohum” (32), “Shalke” (31). Eng kam ochko to‘plagan jamoa Ikkinchi Bundesligaga yo‘l oladi. "Shalke" eng qiyin vaziyatda qolgan. Gelzenkirxenliklarning ochkolari kam, so‘nggi turda esa “Leypsig”ga qarshi safarda o‘ynashadi. Shtutgartda nihoyatda muhim o‘yin bo‘lib o‘tadi, unda mahalliy klub "Xoffenxaym"ga qarshi o‘ynaydi.

Fransiya Liga 1

Nima ma’lum:

Chempionlar ligasida “PSJ”, “Lans” va “Marsel” o‘ynaydi;

“Tuluza” Yevropa musobaqalarida qatnashadi;

“Anje”, “Trua” va “Ayachcho” Liga 2ga tushib ketishdi.

Birinchi raqamli intriga: kim chempion bo‘ladi?

Aslida, hech qanday intriga yo‘q. "PSJ" qolgan ikki turda ikkita mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham chempion bo‘lishi mumkin. Buning sababi parijliklarning to‘plar farqi katta. 27 may kuni “PSJ”ga “Strasburg” bilan safar o‘yinida bitta ochko olish kifoya va oltin medallar yana poytaxt klubiga nasib etadi.

Ikkinchi raqamli intriga: ikkinchi o‘rinni kim egallaydi?

Katta ehtimollik bilan “Lans” ikkinchi o‘rinda bo‘ladi. Aslida u hozir ham o‘sha yerda, “Marsel” esa besh ochko ortda qolmoqda. "Lans" navbatdagi o‘yinni allaqachon Liga 2 ga tushib ketgan "Ajachcho" bilan o‘tkazadi. Ushbu o‘yindagi g‘alaba chempionatning ikkinchi jamoasiga Chempionlar ligasining asosiy to‘ridan joy olish imkonini beradi.

Uchinchi raqamli intriga: Yevropa Ligasida kim o‘ynaydi?

Fransiya kubogini olgan “Tuluza” allaqachon u yerda o‘ynashi edi. Mamlakatning to‘rtinchi jamoasi Yevropa ligasida, beshinchisi esa Konferensiyalar ligasidan joy oladi. To‘rtinchi o‘ringa to‘rtta da’vogar bor: “Monako” (65 ochko), “Lill” (63), “Renn” (62) va “Lion” (59). Keyingi turda Aleksandr Golovin jamoasi “Renn” bilan kuch sinashadi. Bir haftadan keyin esa “Tuluza” bilan o‘ynaydi. “Monako” yevrokuboklardan quriq qolishi mumkin, ammo hozircha jamoa turnir jadvalida yaxshi o‘rinni egallab turibdi.

To‘rtinchi raqamli intriga: 2-ligaga kim tushib ketadi?

Keyingi mavsumda Fransiyada 20 ta emas, 18 ta klub o‘ynaydi. Shu sababdan elita divizionni birdaniga to‘rtta jamoa tark etadi. Yakunga ikki tur raund qolganda oxirgi mag‘lubni aniqlash qoldi. “Oser”da 34, “Nant”da 33 ochko bor. Keyingi turda ikkala jamoa ham mehmonda o‘ynaydi. “Oser” "Tuluza"ga tashrif buyuradi, "Nant" esa "Lill"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:00, 25.05.2023.
O'qildi: 2563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.