Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Yuventus" o‘z darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

"Yuventus" o‘z darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" klubi darvozabon Karlo Pinsolyo bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.

33 yoshli posbon bilan 2025 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.

2022/2023 yilgi mavsumda Pinsolyo "Yuventus" safida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. Shu bilan birga, darvozabon turinliklar kiyinish xonasida haqiqiy tumor sanaladi. Avvalroq Krishtianu Ronaldu Karloni "An-Nasr"ga chaqirgani haqida xabar berilgan edi.

Umuman olganda, 33 yoshli Pinsolyo "Yuventus" asosiy tarkibida beshta o‘yin o‘tkazgan. Ularda darvozabon beshta gol o‘tkazib yubordi.

"Yuventus" ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

 

Kiritildi: 21:56, 25.05.2023.
O'qildi: 892 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик