Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Keyn "Bavariya"ga o‘tmaslikka qaror qildi

Keyn "Bavariya"ga o‘tmaslikka qaror qildi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn joriy mavsumda "Bavariya"ga o‘tishni istamaydi, deb xabar beradi Bild.

Manbaga ko‘ra, nemis klubi 29 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalardan biri va uni o‘z uslubiga eng mos hujumchi sifatida ko‘rmoqda. Biroq, ingliz futbolchisi yo "Manchester Yunayted"ga o‘tmoqchi yoki yana bir mavsumni "Tottenxem"da o‘tkazmoqchi.

Avvalroq Keyn xorijga ketish niyatida emasligi, chunki u APLdagi gollar soni bo‘yicha Alan Shirerning rekordini (260) yangilashiga atigi 48 ta gol qolgani haqida xabar berilgandi.

Hujumchi joriy mavsumda “Tottenxem” safida barcha turnirlar doirasida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 90 million yevroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 00:10, 02.06.2023.
O'qildi: 1722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик