"Milan" bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirgan Rafael Leau yangi shartnomasi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Shartnoma uzaytirilganidan juda mamnunman, chunki aynan shuni xohlagandim. Bu shunchaki to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Milan mening uyim, u yerda hamma meni yaxshi ko‘radi. Chempionlikni qo‘lga kiritganimizda, men bu klubning buyukligini angladim. "Milan" men uchun juda ko‘p narsani anglatadi”, dedi Leau.