Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Barselona»da eng kam va eng ko‘p maoshga ega futbolchilar: 80 mingdan 18 milliongacha!

«Barselona»da eng kam va eng ko‘p maoshga ega futbolchilar: 80 mingdan 18 milliongacha!

Baho:
+ | -

Kataloniya klubida maosh muvozanati qanday? Avvalo, aytish kerak, Serxio Buskets va Jordi Alba ketishganidan so‘ng maosh «xalta»si nisbatan vazn yo‘qotadi, biroq jamoaning eng ko‘p va kam ish haqiga ega futbolchilari o‘rtasidagi «jarlik» yo‘qolib qolmaydi, baribir.

ENG KAM MAOSH KIMLARGA TEGISHLI?

Juda kutilmagan holat - ayni payt «Barselona»da eng minimal maosh Alexandro Baldega tegishli. Uning yillik ish haqi 80 ming yevroga teng - arzimas summa. Hattoki, notanish Pablo Torre ham yiliga 100 ming yevro oladi. Eng kam maoshga ega 10 nafar futbolchi ro‘yxatida boshqa kutilmagan ism-familiyalar ham bor. Deylik, klub sardorlari Mark-Andre ter Shtegen va Serxi Roberto. Qolaversa, dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri Ronald Arauxo ham shu ro‘yxatda.

«Barselona»ning eng kam maosh oluvchi futbolchilari (soliq to‘lovlaridan keyingi summa)

1. Alexandro Balde - yiliga 80 ming yevro

2. Pablo Torre - yiliga 100 ming yevro

3. Arnau Tenas - yiliga 170 ming yevro

4. Inyaki Pena - yiliga 1,5 million yevro

5. Serxi Roberto - yiliga 2,4 million yevro

6. Erik Garsiya - yiliga 2,8 million yevro

7. Markos Alonso - yiliga 3 million yevro

8. Gavi - yiliga 3,2 million yevro

9. Ronald Arauxo - yiliga 3,3 million yevro

10. Mark-Andre ter Shtegen - yiliga 4,3 million yevro

ENG KO‘P MAOSH KIMLARGA TEGISHLI?

Tushunarliki, Jordi Alba va Serxio Busketsning ketishlari «Barsa»ga maosh xarajatini biroz to‘g‘rilash imkonini beradi. Chunki ikki faxriy yakunlangan mavsum klubning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxatida kuchli uchlikdan joy oldi. Ma’lumki, «blaugrana» keyingi mavsum uchun yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lida maosh chiqimini sezilarli darajada kamaytirishi kerak. Buskets va Albasiz «Barselona»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxati ham o‘zgaradi, albatta. Ya’ni niderlandiyalik Frenki de Yong 18 «limon» bilan yetakchiga aylanib oladi. Aytgancha, insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, Alba «Barselona»ga qiyin moliyaviy holatda yordam berishni xohlagani uchun ketishga qaror qildi.

«Barselona»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari (soliq to‘lovlaridan keyingi summa)

1. Frenki de Yong - 18 million yevro

2. Robert Levandovski - 10 million yevro

3. Ansu Fati - 6,7 million yevro

4. Jyul Kunde - 6,5 million yevro

5. Rafinya - 6 million yevro

6. Usmon Dembele - 5,76 million yevro

7. Ferran Torres - 4,8 million yevro

8. Pedri - 4,5 million yevro

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:55, 10.06.2023.
O'qildi: 2940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.