Londonning “Arsenal” klubi asosiy futbolchilari bilan shartnomalarni uzaytirish ustida ishlamoqda. Bugun klub bilan yangi shartnomani markaziy himoyachi Vilyam Saliba kelishib olgani, u 2027 yilgacha mo‘ljallangani ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, navbatdagi o‘rinda yarim himoyachi va klub sardori Martin Edegor turibdi. Hozirda norvegiyalikning shartnomasi tugashiga ikki yil qoldi.