Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Nyukasl" "Yuventus" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Nyukasl" "Yuventus" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Turinning "Yuventus" klubining hujumkor yarim himoyachisi Federiko Kyeza Angliya Premyer-ligasining yana bir vakilining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Nyukasl" Chempionlar ligasida o‘ynashdan oldin o‘zini kuchaytirish niyatida 25 yoshli italiyalik vingerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. O‘z navbatida, "Yuventus" Federiko uchun 60 million yevro to‘lasa, uni sotishga tayyor.

Kyezaning transferiga "qarg‘alar"dan tashqari Londonning "Arsenal" jamoasi ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi klubini o‘zgartirishga qarshi emas.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:55, 12.06.2023.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик