Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

"Chelsi" o‘z futbolchisini "MYU"ga sotishdan bosh tortdi

"Chelsi" o‘z futbolchisini "MYU"ga sotishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Meyson Mauntni 40 million funtga sotib ololmadi.

Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, "mankunianliklarning" boshlang‘ich taklifi "Chelsi" tomonidan darhol rad etilgan.

"MYU" shartnomasi bir yildan keyin tugaydigan futbolchi uchun qancha to‘lashga tayyorligini yaxshi biladi va ortiqcha to‘lash niyatida emas. Shu bilan birga, ta’kidlanganidek, yarim himoyachining narxi klublar o‘rtasida katta farq qiladi.

"Manchester Yunayted" xuddi shu pozisiya uchun yana bir nechta o‘yinchilarni ko‘zlamoqda va shuning uchun menejerlar har qanday kelishuv ularni qoniqtirmasa, rad etishga tayyor. Qolaversa, klub "Brayton"dan Moyses Kaysedo va "Vest Xem"dan Deklan Raysga qiziqish bildirmoqda.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Maunt uchun yana bir taklif bilan chiqadi.

 

Kiritildi: 23:34, 14.06.2023.
O'qildi: 3100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик