Himoyachi Xesus Navas Ispaniya terma jamoasi tarixidagi rasmiy o‘yinda ishtirok etgan eng keksa futbolchiga aylandi.
Kecha UEFA Millatlar ligasining 2022/2023 yilgi mavsumi yarim finalidan o‘rin olgan Ispaniya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.
Navas bu o‘yinga asosiy tarkibda o‘yinni boshlab, barcha 90 daqiqani maydonda harakat qildi. U 37 yoshu 207 kunligida maydonga tushdi. Bu Ispaniya terma jamoasi futbolchilari uchun mutlaq rekord hisoblanadi.