Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

«Barselona» qatarlik yoki saudiyalik investorlarga 49 foiz ulushini sotishi mumkin

«Barselona» qatarlik yoki saudiyalik investorlarga 49 foiz ulushini sotishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi klubning bir qismini Qatar yoki Saudiya investorlariga sotishi mumkin.

El Chiringuito jurnalisti Xose Alvaresning ma’lum qilishicha, “ko‘k-anorranglilar” boshqaruv-huquqiy shaklni o‘zgartirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Hozirda “Barselona” rasman notijoriy tashkilot bo‘lib, to‘liq sosyoslarga — klub a’zolariga tegishli.

Kataloniyaliklar moliyaviy muammolarni hal qilish uchun klubning 49 foizini investision fondga sotmoqchi.

Buning uchun prezidenti Xoan Laporta so‘nggi haftada Saudiya Arabistonida bo‘lgan edi, hozir esa Qatarda bo‘lib turibdi.

“Jamoa boshqaruv modelini o‘zgartirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga so‘nggi so‘zni aytish baribir sosyoslarda qoladi. Vaziyat jiddiylashgani uchun ham kataloniyaliklar bu variantni ishga solmoqchi”, — deydi Alvares.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” moliyaviy muammolarga duch kelgani uchun so‘nggi yillarda bir nechta moliyaviy dastaklarni ishga solgandi. Aynan mana shu muammolar sababli, 2021 yilda Lionel Messi jamoani tark etishga majbur bo‘lgan.

Qayd etib o‘tish joiz, “Barselona” 2022/23 yilgi mavsum La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:53, 16.06.2023.
O'qildi: 2925 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик