Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Barselona" uchun ayni-muddao bo‘lgan yozning tekin transferlari

"Barselona" uchun ayni-muddao bo‘lgan yozning tekin transferlari

Baho:
+ | -

2022-23 yilgi mavsum "Barselona" uchun g‘alati kechdi. Ha, jamoa oradan to‘rt yil o‘tib, yana La-ligada tengsizga aylandi. Ammo hali ham jamoa atrofida ko‘zilg‘amas jarlik va tartibsizlik bordek tuyuladi. Ayniqsa, Messi Kataloniyaga qaytmayotgani, buni yaqqol ifoda etdi. Jamoa tarkibi yangilanishlarga muhtoj, bir qancha futbolchilar endigi rejalarga to‘g‘ri kelmay qolgan. O‘yinchi sotib olish kerak, ammo klub hisob-raqamida yetarlicha pul mavjud emas. Bularning bari "ko‘k-anorrangilar"ni bir joyga: tekin transferlar tomon yetaklaydi. Yozda ko‘plab yaxshi futbolchilar erkin agentga aylanadi. Ularni tekinga olib kelish mumkin. Shunda faqatgina bitta muammo, ularga to‘lash kerak bo‘lgan maosh masalasi qoladi. Quyida "Barsa"ga kerak yulduzlarning ayrimlari qayd etiladi.

1. Ilkay Gyundogan

Har qanday klub Gyundogan kabi futbolchiga egalik qilishni istaydi. Bu mavsumda yarim himoyachi "Manchester Siti"ning ko‘plab muhim gollariga mualliflik qildi. Nemis futbolchisi Angliya kubogi finalida "MYU"ga ikkita gol urib, jamoasini chempionga aylantirgan edi. "Shaharliklar" shunday o‘yinchini qo‘yib yubormasligi aniq. Ammo Gyundogan baribir ketadigan ko‘rinadi. "Barselona" esa tekin imkoniyatdan foydalanib qolishi kerak.

2. Markus Tyuram

Tyuramning erkin agentga aylanish aniq va ravshan narsa. Ammo uning keyingi manzili borasida aniq tasavvurlar mavjud emas. Hujumchi "Borussiya Myunxengladbax"da ajoyib mavsum o‘tkazdi. Fransuz futbolchisiga "Milan" qiziqish bildirgan. Ammo ular Tyuram uchun "Barselona" bilan jang olib borishi kerak. Tyuram Kataloniyada Ferran Torres o‘rini egallay oladi.

3. Roberto Firmino

Firminoda Gyundogan va Tyuramda mavjud xususiyatlar jamlangan. Braziliyalik hujumchi "Barsa"ga kerak narsani bera oladi. Ayni damda futbolchining keyingi manzili borasida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ammo Firmino istalgan top-klubda o‘ynab keta oladi. Tekin hujumchini "Barsa" qo‘ldan chiqarmaslikni o‘ylashi kerak.

4. Mussa Dembele

Dembele anchadan beri "Lion"dan ketish kayfiyatida yurgan edi. Bunga faqatgina futbolchining shartnomasi to‘sqinlik qilgan. Agarda "Barsa" uni ko‘ndira olsa, jamoa Levandovski bilan deyarli bir xil kuchga ega hujumchiga ega bo‘ladi. Yana bir tekin ST!

1. Anxel Di Mariya

"Yuventus" vakili Di Mariya "keksa sinyora" safida qiyinchiliklarga duch keldi. Argentinalik hujumchi, eng avvalo jarohatlardan, keyin esa Massimilano Allegrining pragmatik g‘oyalarga yo‘g‘rilgan o‘yinidan charchagan edi. Shunga qaramay, Anxel kerak paytda "Yuventus"ga katta yordam berib, jamoani YEL yarim finaliga olib chiqqandi. "Barselona" shunday super-yulduzdan hech bo‘lmasa, yana bir mavsum foydalanib qolishi mumkin. Buning uchun bir qadam kifoya. O‘sha qadamni Xavi qo‘yishi kerak.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:00, 19.06.2023.
O'qildi: 6620 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.