Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina 48 yoshga to‘ldi

Afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina 48 yoshga to‘ldi

Baho:
+ | -

Yettita yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi, Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan o‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 19 iyun kuni o‘zining 48 yoshini qarshi oldi.

Badiiy gimnastika afsonasi 1975 yil Buxoro viloyatida tavallud topgan. 1991 yildan sobiq ittifoq tarkibida xalqaro musobaqalarda faoliyatini boshlagan. O‘sha yilning o‘zida Barselonada bo‘lib o‘tgan Olimpiadada MDH nomidan ishtirok etadi va jamoaviy bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritadi. 17 yoshli Oksana uchun bu muvaffaqiyatning birinchi zinasi edi.

Shunga qaramasdan go‘yo hammasi yaxshidek edi. Ammo kunlarning birida uning farzandiga leykemiya (oqqon) tashxisi qo‘yiladi. 2002 yilda farzandini davolatish maqsadida oilasi bilan birga Germaniyaga ketishga majbur bo‘ladi. Oksananing turmush o‘rtog‘i yunon-rum kurashi ustasi Bahodir Qurbonov ham faoliyatini yakunlashiga to‘g‘ri keladi. 3 yoshli Alisherning davolanishiga “Kyoln” sport jamoasi yordam qo‘lini cho‘zadi.

Chusovitinaning o‘zi Germaniyadagi hayotini yodga olib shunday deydi:

"Alisher o‘shanda 3 yoshda edi. Bu kasallik unda qanday paydo bo‘lganini bilmaymiz. Ko‘pchilik uning davolanishi uchun pul topish maqsadida mashg‘ulotlarni davom etganim haqida yozadi. Aslida sabab boshqa edi — agarda men kun bo‘yi shifoxonada o‘tirsam, aqldan ozardim. U yerdagi kasal bolalarni ko‘zlariga qarash og‘ir edi. Germaniyada bolalar kasallikdan vafot etardi. Sport zalda men ozgina bo‘lsa ham chalg‘irdim".

Shu tariqa Oksana 2006 yildan 2012 yilga qadar Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Yordam qo‘lini cho‘zgan “Kyoln” sport klubida Chusovitina mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Xitoyda bo‘lib o‘tgan 2008 yilgi Olimpiadada Germaniya terma jamoasi nomidan qatnashib kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shundan so‘ng Chusovitina jarohatlar girdobida qoladi. Ikki yelkasi va oyog‘idan olgan jarohati sabab operasiya qilinadi. Endi katta sportdagi faoliyatini yakunlab, sog‘lik haqida o‘ylashni o‘rniga Oksana faoliyatini davom ettirishga qaror qiladi. 2012 yilda Londonda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yo‘l oladi.

2013 yilda esa Chusovitina oilasi bilan birga O‘zbekistonga qaytib keladi. 20 yildan oshiq vaqt mobaynida professional faoliyatini olib borayotgan Chusotivina 2016 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiada musobaqasida ishtirok etishini e’lon qildi. Oksana Riodagi Olimpiadaga qatnashib O‘zbekiston uchun medal qo‘lga kiritishni istardi. Afsuski, omad yana undan yuz o‘giradi.

Oksana Chusotivina Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiadada ham ishtirok etmoqchi ekanligini ham aytib kelardi. 40 yoshni qoralagan sportchining bu gaplari kim uchun hazil, yana kim uchundir esa chin edi. Oksana o‘z so‘zining ustidan chiqdi va Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Buning siri nimada?” — ko‘plab jurnalist va muxlislar tomonidan beriladigan savol. “Hech qanday sir yo‘q. Shunchaki hech kim gimnastikada bu qadar ko‘p qolishga urinib ko‘rmagan. Har kuni o‘zimga maqsad qo‘yaman. Meni hech kim majburlamaydi. Bu qiziqish: uddalay olamanmi yoki yo‘q”, — deya kamtarona javob beradi Chusovitina.

2022 yilda Chusovitina Ozarbayjonning Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon Kubogida ishtirok etdi. Oksana tayanib sakrash mashqi bo‘yicha o‘tkazilgan final bahsida 13,226 ochko to‘plab, 1-o‘rinni egalladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Oksana Chusovitina faoliyatiga oid statistika va faktlar:

— MDH terma jamoasi safida 1992 yilgi Olimpiada chempioni.

— 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlari vise-chempioni.

— Uch karra Jahon chempioni (1991 yilda jamoaviy bahslar (SSSR terma jamoasi) va erkin mashq, 2003 yilda tayanib sakrash).

— Jahon chempionatlarida to‘rt karra kumush (1991, 2001, 2005 va 2011 yillar) va 4 karra bronza medali (1992, 1993, 2002, 2006) sohibi.

— Tayanib sakrash bo‘yicha Yevropa chempioni (2008 yil), kumush medal (2002) va uch karra bronza egasi.

— Tayanib sakrash bo‘yicha Jahon Kubogi oltin medal sohibi (2022 yil).

— Sakkizta Olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachi. Sporchi ushbu natijasi evaziga Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:20, 20.06.2023.
O'qildi: 1607 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.