Erling Xoland
Ha, Xoland Angliya terma jamoasida o‘ynash imkoniga ega edi. Erling otasi "Lids" sharafini himoya qilib yurgan paytda, Lids shahrida tug‘ildi. Alf Inge Xoland esa, Norvegiya termasida faoliyat olib borardi. Erling ham shu sababdan "Lids"ga muxlislik qiladi. Biroq, Xoland tanlov borasida ko‘p variantga ega emasdi. Shu sabab, u Norvegiya termasi sharafini himoya qilishni ma’qul ko‘rdi. Angliyalik murabbiylar esa, uni jalb qilish haqida o‘ylab ham ko‘rishmagan edi.
"Biz futbolchilarga erta e’tibor qaratamiz. Albatta, Erlingni Yorkshirda bo‘lganida nazarimizdan chetda qolmasdi", - deydi Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt.
Ivan Rakitich
U "Bazel" akademiyasidan chiqqan. Xorvatiya terma jamoasi timsollaridan biriga aylangan Ivan Bazel shag‘rida tug‘ilgan. Shveysariya Bolqon yarim orolidan kelgan ko‘plab qochqinlar uchun boshpanaga aylangan. Masalan, Granit Jakaning oilasi kabi Rakitichning ota-onasi ham u yerga ko‘chib o‘tishgan. Ivanning otasi ham, onasi ham xorvat hisoblanadi. Ammo Rakitich Shveysariya termasida o‘zini sinab ko‘rgan. U hatto, bir necha yosh toifasida o‘ynashga ham ulgurdi. Biroq, Rakitich Slaven Bilich boshchiligidagi Xorvatiya termasi tomonidan taklif oldi.
Pyer-Emerik Obameyang
Biz kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan futbolchilar Yevropaning kuchli jamoalarida o‘ynashi va shunga mos roavishda tegishli terma jamoalarda o‘ynash huquqiga ega bo‘lgan ko‘plab misollarni bilamiz. Ammo, Obameyang teskari yo‘lni tanladi. U Fransiyada tug‘ilib o‘sgan bo‘lsa-da, Gabon termasini tanladi va jamoaning yetakchisiga aylandi. Bundan tashqari, uning onasi ispan, shuning uchun Pyer Ispaniyani ham tanlashi mumkin edi. Uni hatto, Italiya termasiga ham chaqirishdi, 19 yoshida "Milan" sharafini himoya qilgan. Obameyang: "Men Yevropaning 3 ta kuchli termasida o‘ynashim mumkin edi, ammo Gabonni tanladim", - deya ta’kidlab o‘tgan.
Kristian Pulishich
AQSH terma jamoasi yetakchisi familiyasida boshqa davlat vakili bo‘lishi mumki degan variant bor. Pulishich Pensilvaniyada tug‘ilgan va uning otasi 1990 yillarda "Xarrsiburg Xit" futzal jamoasida o‘ynagan. Kristian amrikalik bo‘lgani bilan, unda Xorvatiya pasporti ham bor. Pulishich Xorvatiyadan ko‘ra, o‘z tug‘ilib o‘sgan vatani AQSHni afzal ko‘rdi.
Alfonso Devis
Kanada terma jamoasining yetakchilaridan birining bolalik davri juda og‘ir o‘tgan. Devis Ganadagi qochqinlar lagerida liberiyalik oilada tug‘ildi. U yerda ota-onasi Liberiyadagi fuqarolar urushi paytida qochib ketgan. Keyin oila Kanadadan qo‘nim topadi. Shunday qilib, Devis Liberiya va Gana termasida qatnashishi mumkin edi, ammo Kanadani tanladi hamda 2026 yilgi Jahon chempionatida porlashga harakat qiladi.
Kilian Mbappe
1998 yil Fransiya futbolida tub burilish bo‘ldi, terma jamoa o‘z maydonlarida bo‘lgan mundialda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Aynan o‘sha yilda hozirgi dunyo futboli yulduzlaridan biri Kilian Mbappe tug‘ilgan. Kilian domo Fransiya termasida o‘ynashni orzu qilgan, u Sen-Denida voyaga yetgan. Uning otasi Ulfrid Kamerunda tug‘ilgan. Mbappeda shuningdek, Kamerun sharafini himoya qilish variyanti ham bo‘lgan.
Leroy Sane
U Germaniyaning Essen shahrida o‘sgan, hozirda "Bavariya"da o‘ynaydi. Aslida "Shalke" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.Nemis futbolchisining tarjimai holiga e’tibor qaratamiz. Negaki u, yaqinda klub safida tortishib qolgan Sadio Mane bilan terma jamoada birga o‘ynashi mumkin edi. Aniqrog‘i Leroyning otasi Sulaymon Sane Senegal safida 29 ta gol urishga ham ulgurgan. Shuningdek, Leroy Fransiyada ham bir muddat yashagan. Ko‘rishingiz mumkin Saneda ham bir necha variantlar bo‘lgan.
"Fransiya yoki Senegal formasini kiyish haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkinmas, mening mamlakatim Germaniya. Menda Senegal xa Germaniya xaritasi tasvirlangan tatuirovka bor", - deydi Sane.
Pepe
Portugaliya terma jamoasi hamda "Portu" klubining xarizmatik himoyachisi aslida braziliyalik. Ammo, Braziliya yoshlar hamda kattalar terma jamoalari uni mensishmadi. Birinchi marta 2006 yilda Dunga tomonidan Braziliya termasiga taklif bo‘lgan, biroq Pepe 2007 yilda Portugaliya safida debyut qildi. O‘shandan buyon u portugallar tarkibida 120 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi va mamlakat futbolining ajralmas qismiga aylandi.
Miroslav Kloze
Ushbu sobiq futbolchi hammaga ma’lum va mashhur. Chunki u Germaniya tarixidagi Jahon chempionatlarda eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Aslida u Germaniyaga qo‘shni davlat Polshadan. Miroslavning otasi Yozefning o‘zi ham futbolchi bo‘lgan, Fransiyaning "Oser" sharafini himoya qilgan. Onasi esa, Polsha gandbol termasi vakilasi edi.
Kloze 8 yoshida Germaniyaga ko‘chib o‘tgan, o‘shanda u nemis tilini zo‘rg‘a bilardi. Umuman olganda, bir vaqtning o‘zida nemis jamoasi tomonidan ajoyib, ko‘p madaniyatli meros to‘plangan. Axir, O‘zil, Xedira, Podolski va Gyundogan ham boshqa terma jamoalarda o‘ynashi mumkin edi. Taxminingizcha balki bu Fransiyadir?