Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Azizbek Pirmuhammedov: “Murabbiyimiz intizom va tartibga alohida e’tibor bilan yondoshdi”

Azizbek Pirmuhammedov: “Murabbiyimiz intizom va tartibga alohida e’tibor bilan yondoshdi”

Baho:
+ | -

FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida mamlakatimiz va Qirg‘izistonda o‘tkazilgan “CAFA NATIONS CUP” turniri sababli Superligada yuzaga kelgan tanaffus nihoyasiga yetib jamoalar birinchi davraning so‘nggi ikki turini o‘tkazishga kirishishmoqda.

Qiziqarli kechishi kutilayotgan uchrashuvlardan biri Toshkentda “Surxon” hamda “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasida kechadi. Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan bu ikki jamoa uchun muhim axamiyatga ega bo‘adigan o‘yin oldidan biz “Surxon” klubi istiqomat qilayotgan mehmonxonaga borib jamoa a’zosi Azizbek Pirmuhammedov bilan suhbatda bo‘ldik.

- JAMOANGIZ SUPERLIGADA YUZAGA KELGAN TANAFFUSDAN QAY DARJADA FOYDALANDI VA “SO‘G‘DIYONA”GA QARSHI O‘YINGA QANDAY TAYYORGARLIK KO‘RDI?

- Avvalo e’tibor va taklif uchun katta rahmat. Savolingizga keladigan bo‘lsak, “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvning birinchi bosqichi Dukentda o‘tkazildi va keyinchalik mashg‘ulotlar Toshkentga ko‘chirildi. Bo‘lajak o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Xudo xohlasa ijobiy natijaga erishiga harakat qilamiz.

- “SURXON” JORIY MAVSUMDA O‘YIN BORASIDA YAXSHI TAASSUROT QOLDIRMOQDA, AMMO QAYD ETILAYOTGAN NATIJALAR JAMOA O‘YINIGA MONAND EMASDEK... BUNGA EXTIMOL JAMOA O‘Z UY O‘YINLARINI NEYTRAL MAYDONDA O‘TKAZAYOTGANI HAM SABAB BO‘LAYOTGANDIR?

- Balki shundaydir. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz biz chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarga qarshi o‘yinlarda ham munosib raqobat ko‘rsata olyapmiz. Mag‘lubiyatlarimiz asosan bitta gol farqi bilan yuzaga kelmoqda. Xali hech bir jamoa “Surxon”ni yaqqol ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratgani yo‘q.

- UMUMAN OLGANDA JORIY YILGI SUPERLIGA BAHSLARI SIZDA QANDAY TAASSUROT QOLDIRMOQDA?

- So‘nggi yillarda kuzatilayotganiday bir-biridan qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda. Chempionatimizda kuchsiz jamoaning o‘zi qolmayapti. Xar bir uchrashuv o‘ziga yarasha og‘ir o‘tmoqda. Turnir jadvalida quyiroqda joylashgan jamoalarga qarshi uchrashuv xatto peshqadamlarga ham qiyinchilik tug‘diryapti. Bu xuddi APLga o‘xshamoqda.

- GALDAGI RAQIB IVAN BOSHKOVICH BOSHQARUVIDAGI “SUG‘DIYONA”NING O‘YINI BORASIDA QANDAY FIKRDASIZ?

- “So‘g‘diyona” garchi mavsum startini qoniqarsiz boshlagan bo‘lsada Ivan Boshkovich kelgach o‘z o‘yinin topib oldi. Jizzaxliklar adashmasam so‘nggi 5-6ta uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchrashmayapti. Jamoa yaxshi shakllangan.

- O‘Z O‘RNIDA MAVSUM AVVALIDA “SURXON”DA HAM MURABBIYLAR ALMASHINUVI YUZ BERDI VA JAMOA MAXALLIY MUTAXASSISLAR QO‘L OSTIDA HAM YOMON TAASSUROT QOLDIRAYOTGANI YO‘Q. AYTINGCHI SERGEY ARSLONOV JAMOADA NIMALARNI O‘ZGARTIRA OLDI?

- Bosh murabbiyimiz intizom va tartibga alohida e’tibor bilan yondoshdi. Qolaversa, maydonda futbolchilar o‘zini proffessional tutishini va har bir vaziyatda professional tarzda ish ko‘rishni o‘rgatdi.

- JAMOANGIZ TARKIBI NISBATAN YOSH FUTBOLCHILARDAN TASHKIL TOPGAN. SHUNDAN KELIB CHIQIB JAMOA OLDIGA QANDAY VAZIFA VA MAQSADLAR QO‘YILGAN?

- Murabbiylar tomonidan har bir o‘yinda ijobiy natijaga erishish maqsad va vazifa sifatida belgilangan. Jamoadoshlarimiz bilan esa bor imkoniyatimizni ishga solib, kuchli beshlikka kirish uchun kurashishga kelishib olganmiz.

- “SURXON”DA AZALDAN AJOYIB MUXLISLAR KOMPANIYASI SHAKLLANGAN. JAMOA O‘Z UYIDA O‘YNAMAYOTGAN BO‘LSA HAM MUXLISLAR DALDASINI HIS QILIB TURGAN BO‘LSA KERAK?

- Albatta. Termizlik muxlislar yurtimizning qaysi shaxriga safar uyushtirmaylik bizni yolg‘izlatib qo‘yishayotgani yo‘q. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz.

- SIZNING TAXMININGIZCHA CHEMPIONLIK VA YUQORI O‘RINLAR UCHUN QAYSI JAMOALAR KURASH OLIB BORISHI MUMKIN?

- Menimcha, “Navbahor”, “Paxtakor” hamda “Nasaf” jamoalari yuqori o‘rinlar uchun asosiy davogar hisoblanishadi. Bu yil ajoyib tarkib va murabbiyga ega bo‘lgan “Neftchi”ni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Ularda ham yuqori o‘rinlar uchun kurashish imkoniyati mavjud.

- SIZNI MAVSUM AVVALIDA HIMOYADAGI O‘YINLARINGIZGA GUVOH BO‘LAYOTGANDIK SO‘NGGI TURLARDA ESA YARIM HIMOYACHI SIFATIDA MAYDONGA TUSHMOQDASIZ. BUNING SABABI NIMADA VA O‘ZINGIZGA QAYSI POZISIADA O‘YNASH NISBATAN QULAYROQ?

- Aslida o‘zim himoyachiman. Ammo murabbiylar so‘nggi o‘yinlarda yarim himoyada sinab ko‘rishmoqda. Ochig‘i, o‘zim uchun qaysi chiziqda o‘yin o‘tkazishning unchalik axamiyati yo‘q. Muhimi jamoaga foyda keltirsam bo‘lgani. Qulaylik nuqtayi nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, himoyada o‘ynash nisbatan yengilroq baribir.

- SHU O‘RINDA MUSHTARIYLARIMIZGA O‘ZINGIZ HAQINGIZDA KENGROQ MA’LUMOT BERIB O‘TSANGIZ?

- Asli Buxoroda tavvallud topganman. Futbolning ilk sir asrorlarini tumanimizdagi futbol internat o‘rganganman. Futbolchi bo‘lib yetishishimda o‘zimdagi qiziqish va dadamning sa’yi-harakatlari turtki bo‘lgan. Ochig‘i dadam ham yoshliklarida futbol bilan shug‘ullanganlar ammo oilaviy sharoitlari sababali bu sport turi bilan shug‘ullanishni davom ettira olmaganlar. Shu sababli meni futbolchi qilaman deb astoydil harakat qildilar va mana qilingan mehnatlar o‘z samarasini berib turipti. Albatta barchasi intilish, mehnat va say’i harakatlar natijasida sodir bo‘ldi. Bungacha esa katta mashaqqatni bosib o‘tishga to‘g‘ri kelgan. Proffessional faoliyatimni dastlab “Oq tepa” klubida boshlaganman. Undan so‘ng “Bunyodkor” klubiga o‘tganman. U yerda o‘yin amaliyoti kam bo‘lgani bois yana Pro Liga jamoasi “Xorazm”da to‘p surdim va joriy mavsum avvalida “Surxon” tarkibiga kelib qo‘shildim.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:52, 25.06.2023.
O'qildi: 1271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.