Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Futbolga qorishiq hayot yo‘li

Futbolga qorishiq hayot yo‘li

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Hayotda shunday insonlar borki, umr davomi ilm-fan, ma’naviyat-ma’rifatga intilib yashaydilar.

Bundaylardan ilm ummonida yaratilgan bebaho xazina qoladi. Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti dosenti, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor, Antik dunyo xalqaro fanlar akademiyasi akademigi Chori Aslanov shunday betakror inson edi...

Qarshi tumani Potron qishlog‘ida tug‘ilib-ulg‘aygan Chori ota 81 yil umr ko‘rdi. Ota-onadan yosh qolganiga qaramay, opasi qarovida ilm-fan bilan shug‘ullandi, shuning barobarida futbolga ham vaqt ajratdi. «Garchi qishloq xo‘jaligi sohasi olimi bo‘lsamda, hayotimni futbolsiz tasavvur qilolmaymayman, - degandi Chori ota suhbatlarning birida. - Maktab davrida darsdan bo‘sh paytlar jamoa tuzib, beshkentlik tengdoshlar, keyinchalik qarshilik yoshlar bilan kuch sinashardik. Murosasiz o‘yinlarga yayov qatnasakda, toliqish nimaligini bilmaganmiz. Bu muhabbatimiz katta futbolga ham ko‘chdi. Sobiq ittifoq zamonida «Paxtakor» ortidan Piterdan Kavkazgacha, Boltiq bo‘yidan Kiyevgacha borganmiz, Moskvayu, Markaziy Osiyo shaharlarini goh poyezd yoki samolyot, kezi kelganda, yengil avtomobilda kezib chiqqanmiz. «Paxtakor» yulduzlari - Gennadiy Krasniskiy, Birodar Abduraimov, Mixail An, Vladimir Fyodorov, Vasilis Xadzipanakis o‘yinlaridan o‘zgacha zavqlanganimiz hamon yodimda. Tbilisida David Kipianining akasi bilan tanishib, gruzin futbolining o‘ziga xos jihatlaridan voqif bo‘ldim. «Spartak»ning Yevropa Chempionlar kubogidagi o‘yinlarini Moskvada kuzatdik, «Pomir» - «Paxtakor» o‘yinini ko‘rish uchun Dushanbega oilaviy safar qildik. Eh-he, muxlislik haqida xotiralarim behisob».

Ha, otaxon futbolning chin shaydosi edi. U istiqlol yillari ham millionlar o‘yiniga oshufta yashadi. Xususan, «Nasaf»ning shiddatli o‘yinlaridan qalbi quvonchga to‘ldi. Bir yilcha muqaddam «Nasaf» futbolchilari bilan uchrashuvda o‘ta ta’sirli gapirgani esimizda: «Yoshim 80da, «Nasaf»ning bronza va kumush medallari yutganini ko‘rdim, sevimli jamoam O‘zbekiston kubogini 3 marta boshi uzra baland ko‘tardi, OFK kubogida g‘alaba nashidasini surdi. Endi chempionlikni ham birga tantana qilaylik...». «Nasaf» 2021 yili OCHL saralashi «pley-off» bosqichida BAAning Abu-Dabisida «Bani Yas» bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Xorij safariga otlangan otaxonning o‘y-xayoli faqat bo‘lajak o‘yinda edi: «Nima bo‘lsa ham, «Nasaf» g‘alaba qozonsin. Jamoamiz yutug‘i kuchimga kuch qo‘shadi. Bu tani sihatligimning asosi ham». Abu-Dabi shahridagi muhtasham stadion. «Nasaf» sharfini bo‘yniga tashlab olgan otaxon alohida ajralib turardi. «Ajdarlar» ketma-ket 2ta gol urishgach, uning nechog‘li shodlanganini ko‘rsangiz edi. «Yaratganga shukr, vatanga g‘alaba va yorug‘ yuz bilan qaytadigan bo‘ldik», -deya barchani alqagani ko‘z oldimdan sira ketmaydi.

Chori Aslanov futbol bilan kundalik mashg‘ulotlarni birga olib bordi. Dars soatlarida fanga doir bilimlarini zamon shiddati bilan uy­g‘unlashtirdi. Xususan, bir qator ilmiy risola va qo‘llanmalar, darsliklar yaratdi. Mash­g‘ulotdan so‘ng esa lirik chekinish bilan talabalarni sog‘­lom turmush tarziga targ‘ib etdi. Mashhur sharh­lovchi Axbor Imomxo‘jayevning hayot tajribasini misol keltirib, halollik, poklik, sog‘lom turmush tarzi uzoq umr garovi ekanligini bot-bot takrorladi. Nabiralari - Bobur va Azamatga o‘z sohasi bo‘yicha tushuncha berish asnosida ularni stadion tomon yetakladi, kenjatoy Muhammadni munosib davomchisi sifatida erkalatdi. «Nasaf» fan-klubi yetakchilari O‘ktam Uzoqov va Sanjar Sayfiyev bilan Superliga o‘yinlari bahona mamlakatimiz shaharlarini kezdi. Stadiondagi hayqiriqlarda Chori otaning ovozi o‘zgacha jarangladi.

O‘lim haq. 15 iyun kuni kuni Chori ota Aslanov bu foniy dunyoni tark etdi. Undan shirin xotiralar qoldi, odamgarchilik, halollik, mehr-muhabbat, do‘stlik kabi tushunchalarning vatan tuyg‘usi bilan mushtarakligi qoldi. Shunday ulug‘ insonlar merosi bor ekan, hayotimiz, shu jumladan, futbolimiz ham yangi marralar sari yuz tutaveradi.

Husan TEMIROV

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:08, 30.06.2023.
O'qildi: 1215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик