Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

Erik ten Xagning eng qimmat xaridlari: Meyson Maunt keyingisi bo‘ladi

Erik ten Xagning eng qimmat xaridlari: Meyson Maunt keyingisi bo‘ladi

Baho:
+ | -

Erik ten Xag "MYU"da to‘liqligicha o‘zi istagan jamoani shakllantirishga harakat qilmoqda. U o‘zining klubdagi ikkinchi yozini bekor o‘tkazmoqchi emas. Afsuski, ayni damda Gleyzerlar sababli "qizil iblislar"ga kerakli o‘yinchilar jamoaga kelmasligi mumkin. Shunga qaramay, Meyson Maunt 55 million funtga olib kelindi. Uning rasmiy ravishda tanishtirguniga qadar, ten Xag faoliyatidagi eng qimmat transferlarga nazar tashlaymiz.

Tirell Malasiya – 13 million funt

Erik ten Xag Angliyaga kelganidan so‘ng birinchi o‘rinda Malasiyani olib kelgandi. 23 yoshli himoyachi debyut mavsumida 39 ta bahsda maydonga tushdi. Afsuski, Malasiyadan kutilgan umidlar oqlanmadi. Shu sabab u hozirning o‘zida jamoadan ketishi mumkin.

Edson Alvares – 14 million funt

"Ayaks" 2019 yilda Alvares uchun "Klub Amerika"ga 17 million dollar to‘lab beradi. 25 yoshli himoyachi shundan beri ikki bor Niderlandiya chempioniga aylandi. Agarda Alvares hozirning o‘zida sotuvga qo‘yiladigan bo‘lsa, 50 million funtga yaqin summaga sotiladi. Bu esa "Ayaks" uchun katta foyda degani.

Deyli Blind – 14 million funt

To‘rt yillik "MYU"dagi faoliyatidan keyin, Blind yana "Ayaks"ga qaytadi. U 2018 yilda 14 millionga qaytadan sotib olingandi. Himoyachi 2022 yil dekabrida shartnomasini muddatidan avval yakunlab, "Bavariya"ga yo‘l oladi.

Antoni – 18.2 million funt

Ten Xag Antoni siymosida katta yulduzni ko‘radi. Shu sababli uni 2020 yil avvalida 20 million yevrodan oshiqqa sotib olishni buyuradi. Braziliyalik klubda ikki mavsum harakat qildi va ten Xag ortidan "MYU"ga olib kelindi. "Ayaks" uning ortidan qancha foyda ko‘rganini bilasiz.

Sebasten Aller – 20.25 million funt

Aller 45 million funt evaziga "Vest Xem"ga olib kelinadi. Ikki mavsumdan keyin "bolg‘achilar" uni ikki barobar arzon narxga bo‘lsa ham sotishga majbur bo‘ladi. Ten Xag bu imkoniyatdan foydalangan holda, 2021 yilning yanvarida hujumchini sotib oladi. U bir yil ichida "Ayaks" safida 66 ta o‘yin o‘tkazib, 47 ta gol urishga erishgandi. 2022 yilda Aller 29 millionga "Borussiya Dortmund" safiga ravona bo‘ladi.

Lisandro Martines – 56.7 million funt

Erik ten Xag o‘z shogirdini "MYU"ga chorlaydi. Martines 2022 yilning yozida katta mablag‘ evaziga "Ayaks"ni tark etadi. Ko‘pchilik himoyachining bo‘yini tanqid qilgandi. Ammo bu muammo emasligi ma’lum bo‘ladi. Argentinalik o‘tgan mavsumda jamoasining eng yorqin vakiliga aylangandi.

Kazemiro – 60 million funt

Frenki de Yong masalasida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, "MYU" unga atalgan pulni Kazemiro uchun sarflaydi. Yoshi o‘tib qolgan futbolchi uchun katta pul sarflash, tanqidlarga duchor bo‘ladi. Ammo hammasi Kazemironing o‘yini oldida ko‘rinmay qoldi. U yangi mavsumda ham "MYU"ni titullar uchun kurashadigan jamoaga aylantirishi mumkin.

Antoni – 85 million funt

Ten Xag o‘ziga kerakli bo‘lgan futbolchilarni asosan "Ayaks"dan jalb etdi. Bu unga birinchi mavsumdayoq kerakli natijalarga erishishga yordam berdi. "Ayaks" vaziyatdan foydalangan holda Antoni uchun o‘ta katta narx belgilab qo‘ydi. Vinger ammalab sotib olindi. Ammo birinchi mavsumda Antoni 85 millionga arziydigan futbolchidek ko‘rinmadi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:14, 03.07.2023.
O'qildi: 2247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.