Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Barcha APL klublarining egalari: ular qancha boylikka egalik qiladi?

Barcha APL klublarining egalari: ular qancha boylikka egalik qiladi?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi dunyoga eng boy musobaqa sifatida tanilgan. Undan jahonning eng boy klublari ishtirok etadi. Masalan, "Manchester Siti", "Nyukasl", "Arsenal", "Chelsi" kabi klublar egalari boylik borasida ro‘yxatning oldi qatorlaridan o‘rin olgan.
Hozirda APLning 15 ta klubiga egalik qiluvchilar, milliarderlar sanaladi. Ularning 4 tasining boyligi 10 milliarddan ko‘proqni tashkil etadi. Albatta, bugungi faktlardan hayratga tushishingiz aniq.

"Nyukasl Yunayted" bugungi kunning nafaqat Angliyadagi, balki dunyodagi eng boy klubiga aylangan. Klub egaligining 80 foizi Saudiya jamoat sarmoya fondiga tegishlidir. Arablar "qarg‘alar"ni sotib olmasidan ilgari Britaniya orolidagi eng boy jamoa nomi "Manchester Siti"ga tegishli edi. Gvardiola jamoasiga "Abu-Dabi Yunayted Grup" kompaniyasi egalik qiladi. Ushbu yuridik subyektning boyligi 17 milliard funtdan ko‘proqdir. Hatto "Manchester Siti" to‘qqiz yil davomida APLning Moliyaviy Feyr pley qoidalarini buzganlikda ayblanayotgan bo‘lsa ham, klub raisi Xolun Al-Muborak bu narsa jamoaning muvaffaqiyatlariga ta’sir etmasligini bildirgan edi. U shunday deydi: "Umid qilamanki, odamlar klubni faqatgina maydondagi futbolchilarning harakatlari va erishgan natijalariga qarab baholaydi. Negaki, natija bu reallikdir. Klub butun boshli tizim sifatida yaxshi ishlamoqda. Hozir bu guruh 6 milliard dollarga baholanmoqda. Biz yillar davomidagi mehnatimiz orqali mana shunday qiymat yarata oldik. Tijoriy mexanizm o‘z ishini bajaryapti. Negaki, bizning tizimimizda dunyodagi eng yaxshi mutaxassislar jamlangan".

"Chelsi" va "Arsenal"ning egalari ham har biri 10 milliarddan ortiq boylikka ega. Ular bu borada kuchli to‘rtlikka kiradi. Xususan, Todd Boeli "Chelsi"ni sotib olganidan beri 600 million funtni xaridlar uchun sarflab yubordi. Bu esa so‘nggi bir yil ichidagi rekord sanaladi.
Shuningdek, "Aston Villa", "Liverpul", "Fulxem", "Vest Xem", "Vulverxempton" va "Tottenxem"ning egalari ham top-10 talikka kiradi. "MYU"ni tasarruf qiladigan Gleyzerlar esa 12-pog‘onani band etdi. Ular tez orada klubni Jimm Retkliff yoki Shayx Yassimga sotadi. Quyida klublarni, egalarining boyligiga qarab joylashtirdik.

1. "Nyukasl" – Saudiya jamoat sarmoya fondi (489 milliard funt)
2. "Manchester Siti" – Abu Dhabi United Group, Silver Lake (17.37 milliard funt)
3. "Chelsi" – Todd Boeli (12.47 milliard funt)
4. "Arsenal" – Sten Kronke (10.18 milliard funt)
5. "Aston Villa" – Ues Edens, Nassif Saviris (9.39 milliard funt)
6. "Liverpul" – Jon Genri, Tom Verner (7.74 milliard funt)
7. "Fulxem" – Shaxid Xon (6.24 milliard funt)
8. "Vest Xem" – Devid Sullivan, Daniel Krshetinski (5.76 milliard funt)
9. "Vulverxempton" – Guo Guanchan (5.45 milliard funt)
10.  "Tottenxem" – Jo Lyuis, Daniel Levi (4.58 milliard funt)
11. "Kristal Pelas" – Jon Tekstor, Devid Bilser, Josh Xarris, Stiv Parish (4.34 milliard funt)
12. "MYU" – Gleyzerlar oilasi (3.71 milliard funt)
13. "Everton" – Farxod Moshiriy (2.29 milliard funt)
14. "Bornmut" – Uilyam Fouli (1.26.milliard funt)
15. "Brayton" – Toni Blum (1.03 milliard funt)
16. "Nottingem" – Evangelos Marinakis (489 million funt)
17. "Brentford" – Mettyu Benxam (220 million funt)
18. "Sheffild Yunayted" – Abdulloh bin Musaid As-Saud (158 million funt)
19. "Byornli" – Alan Peys (noma’lum)
20. "Luton Taun" – "Luton Town Football Club 2020 Limited" (noma’lum)

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:12, 03.07.2023.
O'qildi: 7727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.