"Arsenal" hujumchisi Folarin Balogun joriy transfer oynasida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Football Transfers xabariga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga APLning yana bir vakili "Chelsi" qiziqmoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, "aristokratlar" vakillari futbolchining agenti bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaraga kirishgan.
O‘tgan mavsumda Balogun Fransiyaning “Reyms” klubida ijara asosida o‘ynadi. Hujumchi Liga 1da 37 ta o‘yinda qatnashib, 21 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U Fransiyadagi to‘purarlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.