Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan yosh futbolchilari

Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan yosh futbolchilari

Baho:
+ | -

"Barselona", "Borussiya Dortmund" va "MYU" kabi klublar o‘zining eng yosh hisoblangan futbolchilarini ham katta moash bilan ta’minlaydi. Ular yosh iste’dodlarni o‘zida saqlab qolish uchun aynan shunday yo‘l tutadi. Quyida o‘spirin bo‘lishiga qaramasdan, katta maosh oladigan oltita futbolchini bilib olasiz.

6. Yussufa Mukoko – haftasiga 49 200 funt

Mukoko hozirga qadar "Borussiya Dortmund" safida 72 ta o‘yin o‘tkazgan. Hujumchi Germaniya terma jamoasi uchun ikkita bahsda ishtirok etgan edi. 18 yoshli futbolchi joriy shartnomasi bo‘yicha haftasiga deyarli 50 ming funt moash oladi. Ko‘pchilik uni Xolandning davomchisi deb hisoblaydi.

5. AYElxandro Garnacho – haftasiga 50 000 funt

O‘tgan aprel oyida Garnacho yangi besh yillik shartnomaga imzo chekkan edi. Unga ko‘ra, argentinalik futbolchi har hafta 50 ming funt qabul qilib oladi. Vinger yaqin kelajakning eng yorqin yulduzlaridan biri bo‘lishi taxmin qilingan. Garnacho haqida uning ustozi Erik ten Xag shunday deydi: "U o‘zi qatnashgan o‘yinlarga ta’sir o‘tkaza oladi. Futbolchining har qanday holatda xizmatga tayyor turishi hamma narsadan muhimdir. Aynan shuning uchun biz Garnacho kabi yoshlarga suyana boshladik".

4. Rayan Sherki – haftasiga 59 000 funt

"Lion" yulduzi Yevropaning ko‘plab jamoalarida qiziqish uyg‘otmoqda. Bu bejizga emas. Sherki 19 yosh bo‘la turib, katta sahnalarda talantini namoyish etdi. Bir kun kelib, yarim himoyachi yetuklikka erishishi mumkin. Ungacha esa 59 ming funt maosh ham Sherkiga yetadi.

3. Matis Tel – haftasiga 65 600 funt

"Bavariya" Telni o‘tgan yozda "Renn"dan sotib olgan edi. Hujumchi xaridi myunxenliklarga 24 million funtga tushdi. Undan tashqari Tel Germaniya chempionlari safida har hafta 65 600 funt oladigan bo‘ldi. 18 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda 399 daqiqa maydonda harakat qilib, 5 ta golga mualliflik qildi. Shu ketishda davom etsa, Telning kelajagini porloq deb hisoblash mumkin.

2. Karni Chukvuemeka – haftasiga 100 000 funt

O‘tgan yozning yana bir yosh, ammo qimmat xaridlaridan biri Chukvuemeka edi. "Chelsi" yarim himoyachini "Aston Villa" safidan olib keladi. Uning tuzgan shartnomasida haftasiga 100 ming funt maosh belgilangan. Yangi mavsumda Pochettino yosh futbolchini ijaraga berib yuborsa kerak.

1. Gavi – haftasiga 111 500 funt

Shubhasiz, Gavini dunyoning eng iste’dodli futbolchilaridan biri qatoriga qo‘shish mumkin. Shuningdek, ispan yarim himoyachisi Yevropa va jahonda o‘z tengqurlari ichida eng ko‘p maosh oladi. Xavi jamoasida Gavi muhim o‘ringa egalik qiladi. Bu haqida mutaxassis shunday degandi: "Gavi to‘pga egalik qilish va uni raqibdan olib qo‘yishda o‘ta katta ishni bajaradi. U raqobatbardosh va qo‘rqmasdir. Yuqori pressingda Gavining foydasi katta. Bunday iste’dodlar futbolda qadrlanadi".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:01, 13.07.2023.
O'qildi: 5378 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.