Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Lionel Messi "Arsenal"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadimi?

Lionel Messi "Arsenal"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadimi?

Baho:
+ | -

Pele bir paytlar, o‘z faoliyatini tugatishidan oldinroq Amerikada futbol o‘ynashni "hayotimda qilgan eng yaxshi ishlarimdan biri" deya ta’riflagan edi. Oylab kechgan muzokaralar va matbuotni zir titratgan ko‘plab mish-mishlardan keyin, vanihoyat Lionel Messi MLSga keldi. U o‘z taqdirini braziliyalik afsona singari Amerika bilan bog‘ladi. Bu voqea MLS yulduzlarining  "Arsenal"ga qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yini oldidan ro‘y berdi. Qatardagi mundial g‘olibi, albatta  AQSHdagi eng mashhur inson va MLS yulduzlari tarkibida e’tirof etilishga loyiq. Messining "Inter Mayami" kelishni istashi avvaldan ma’lum edi. Ammo klub rasman, uni 38 kundan keyin tanishtirdi. Bu voqeaga endigina 3 kun bo‘lmoqda. Xo‘sh, shunday qisqa vaqt ichida Messi "Arsenal"ga qarshi bahsda qatnashadimi?

Afsuski, muxlislarni bunday kutilmalari amalga oshmyadi. Baxtga qarshi, Messi "Di-Si Yunayted"ning stadionida bo‘lmaydi. MLSning rasmiy saytida 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun tarkib chiqdi. Undan Messi o‘rin olmagan. Shunday ekan, ushbu o‘rtoqlik o‘yini Messisiz o‘tadi.
Lionel Messi Peledan keyingi Amerikada paydo bo‘lgan ilk yirik nomdir. Yirik nom deyishimizga sabab, aynan uning MLSda ekani, dunyoni AQSH futboliga bo‘lgan qiziqishini keskin oshiradi. Garchand MLS yulduzlari va "Arsenal" o‘rtasidagi o‘yinninng natijasi unchalik ham muhim bo‘lmasada, undagi Messining ishtiroki ko‘p narsani o‘zgartirardi. Xususan, futbolchining o‘zi uchun bu, sevimli raqiblaridan biri bilan qayta to‘qnashish demakdir.

O‘tmishda Messi "Barselona" safida "Arsenal"ga qarshi jami 6 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta golga mualliflik qiladi. 2014 yilda "Arsenal"ning afsonaviy murabbiyi Arsen Venger Lionel Messini Londonga olib kelishga juda yaqin kelganini gapirib bergandi. U Sesk Fabregas bilan qo‘shib, Messini ham "Barselona" akademiyasidan olib ketmoqchi bo‘ladi:
"Biz akademiyadan Messi, Fabregas va Pikeni tanlab olgandik. Afsuski, faqatgina Fabregas bizga nasib etdi. Albatta, agarda Messi o‘shanda Messi ham "Arsenal"ga o‘tganida, ko‘p narsa boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

Endi yana o‘rtoqlik o‘yiniga qaytsak. Ijtimoiy so‘rovnoma natijalari, MLS bosh raisi Don Garber hamda jamoaga boshchilik qiluvchi Ueyn Runi fikri asosida "Arsenal"ga qarshi chiqadigan 28 ta futbolchi tanlab olindi. Tarkib 7 iyulda, Messi kelishidan bir hafta ilgari tasdiqlangan. Bu omil ham Messining qatnashmasligiga sabablardan bittasi sanaladi. Argentinalikning yangi jamoasi, "Inter Mayami"dan birorta ham futbolchi MLSning yulduzli terma jamoasi safiga kira olmagan.
Eslatib o‘tamiz, "MLS All-Star" va "Arsenal" o‘rtasidagi uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan ertaga, tonggi 5:30 da start olishi belgilangan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:46, 19.07.2023.
O'qildi: 1712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.