Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Muxlislarni aldash oqibati

Muxlislarni aldash oqibati

Baho:
+ | -

Braziliyaning «Korintians» klubi muxlislari futbolchilardan birini ayovsiz kaltaklashdi.

Globo nashrida keltirilishicha, ultras endi undan klub bilan tuzgan shartnomasini zudlik bilan buzib, tezroq ketishni talab qilmoqda. Savol: o‘sha futbolchi qaysi aybi tufayli kuchli nafratga uradi? O‘zi u kim?

Hammasi tushunarli: ta’kidlanishicha, yarim himoyachi Luan «Korintians» uchun murakkab bir pallada o‘zini jarohatlangandek ko‘rsatgan (qovurg‘asi shikastlanganini aytib, mash­g‘ulotlarda qatnashmagan). Eng yomoni, muxlislar uning jarohati soxta ekanligi va do‘stlari bilan ko‘ngilxushlik qilishga yo‘l olganidan xabar topishgan. Qisqasi, ular Luan dam olayotgan joyga bostirib kirib, uni ziyofatga chaqirilgan 4 nafar ayol ko‘z o‘ngida kaltaklashgan. Endi muxlislar futbolchini qo‘rqoqlik va nomardlikda ayblashmoqda va ushbu xatti-harakatini aslo kechirmoqchi emaslar. Deylik, ultras futbolchiga ham, klub rahbariya­tiga ham o‘rtadagi shartnomani bekor qilish masalasida bosim o‘tkazmoqda.

Aslida «Korintians»ning joriy mavsumdagi omadsizligida 30 yoshli Luanni ortiqcha ayblash noo‘rin. Chunki u maydonga tushmayapti. Shuning barobarida futbolchining transferi klubga ancha qimmatga tushganini aytish kerak. Har holda, «Korintians» 3 yil oldin Luanni o‘z safiga qo‘shib olish yo‘lida 5 million yevro sarflagandi (klub tarixidagi rekord summa). Biroq eng qimmatbaho futbolchi endi naf keltirolmaydi, chog‘i. Eng qizig‘i, braziliyalik muxlislar Luanni Eden Azarga o‘xshatishmoqda. Nega? Ha, belgiyalik futbolchi «Real»da ko‘p jarohatlandi, ammo u biror marta ayyorlik ishlatmagandir. Ayniqsa, qandaydir ko‘ngilxushlik uchun. Alohida ta’kidlash joiz, «Korintians»ning turnir jadvalidagi pozisiyasi mojaroni yanada keskinlashtirmoqda. Binobarin, Braziliyaning azaliy grandi ayni payt 20ta ishtirokchi orasida 16-o‘rinni band etib turibdi va unda «A» seriyadan quyi divizionga qulash xavfi yo‘q emas.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:14, 20.07.2023.
O'qildi: 1296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.