Kirish Ro'yxatdan o'tish

Grizmann ham Saudiyadan 40 million yevrolik taklif oldi

Grizmann ham Saudiyadan 40 million yevrolik taklif oldi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tishi mumkin.

Jurnalist Ashraf Ben Ayadning yozishicha, "Al-Hilol" allaqachon 32 yoshli fransiyalik futbolchiga shartnoma imzolashni taklif qilgan. Qayd etilishicha, Saudiya klubi Grizmannga yiliga 40 million yevro to‘lashga tayyor.

Avvalroq, futbolchiga Saudiya Arabistonining boshqa bir klubi (“An-Nasr”) qiziqish bildirgandi. Biroq Grizmann hozirda Krishtianu Ronaldu to‘p tepayotgan jamoaga o‘tishdan bosh tortdi.

2022/23 yilgi mavsumda forvard barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 19 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Kiritildi: 00:05, 25.07.2023.
O'qildi: 1335 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.