Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Forbes'ga ko‘ra dunyoning eng boy klublari (top-10)

Forbes'ga ko‘ra dunyoning eng boy klublari (top-10)

Baho:
+ | -

Futbol borgan sari millionlar, balki milliardlar aylanadigan soha bo‘lib bormoqda. Bunday aylanma esa klublarni boyitadi. Birinchi navbatda Yevropa klublari eng qiymatli jamoalar qatoridan o‘rin oldi. Ularning oldi o‘ntaligida esa APL klublari ustunlikka ega. Quyida Forbes agentligi bergan ma’lumotlar asosida boy klublar ro‘yxatini tuzdik.

10. "Arsenal" – 2.26 milliard dollar

Shubhasizki, "Arsenal" so‘nggi yillardagi eng tez o‘sgan jamoaga aylandi. Mikel Arteta sekinlik bilan dunyoning eng qimmat tarkibini shakllantirib oldi. Ammo bu, endigina boshlanishidek tuyulmoqda. Agarda shu yo‘sinda davom etilsa, bir necha mavsumdan keyin "Arsenal" ushbu ro‘yxatdagi ayrim klublarni quvib o‘tishi tayin.

9. "Tottenxem" – 2.8 milliard dollar

"Shporlar" ro‘yxatda o‘zlarining eng ashaddiy raqiblaridan ozgina balandda turibdi. Forbes "Tottenxem" klubining umumiy qiymatini 2.8 milliard dollarga baholadi. Klub sovrinsiz dekadani boshdan kechirganiga qaramay, daromadlar faqat oshib bordi. So‘nggi sakkiz yilda "Tottenxem" besh bor YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Qolaversa, yaqindagina yirik stadion qurgan jamoani kambag‘al deb bo‘larmidi...

8. "Chelsi" – 3.1 milliard dollar

Todd Boeli va uning kompaniyasi "Chelsi"ni 5.2 milliard dollarga sotib olgandi. Bu bilan u deyarli 2 milliard dollar ziyonga yurdi. "Chelsi"ning yangi mavsumdagi daromadlari shubhasiz kamayadi. Negaki, klub yevrokuboklardan tashqarida qoldi. Ammo tez orada, ular yana o‘zi loyiq bo‘lgan o‘ringa qaytishadi.

7. "PSJ" – 4.21 milliard

Parij klubi dunyodagi eng tartibsiz tuzilmalardan biri sanaladi. Rahbariyat tinimsiz katta pullar sarflagani bilan, klub YECHLni hali ham yuta olmadi. Qolaversa, jamoaning eng muhim vakili bo‘lgan Mbappe ketish arafasida turibdi. Shunday holatda ham Yevropaning top ro‘yxatlarida "PSJ"ning nomini ko‘rmaslik, g‘alati bo‘lardi.

6. "Bavariya" – 4.68 milliard dollar

Ko‘p jihatdan "Bavariya" ideal futbol klubiga yaqindir. Ular kamdan-kam transferlar oynasida katta pul sarflaydi. Shunday bo‘lsa ham Myunxen klubi YECHLning doimiy ishtirokchisi va ichki liganing doimiy chempionidir.

5. "Manchester Siti" – 4.99 milliard dollar

APLda qariyb o‘n yildan beri dominantlik qilib kelayotgan klub, bu ro‘yxatda bo‘lishi ham kerak. Yaqindagina klub rekord foyda ko‘rganini e’lon qilgandi. 815 million dollarlik daromadni dunyoning hech bir klubi hali ko‘rmagan. Gvardiolaning mukammal tarkibi endi yaratildi va ular hali-berin to‘xtash niyatida emas, albatta.

4. "Liverpul" – 5.29 milliard dollar

Mersisaydliklar rahbariyati ko‘p yillardan beri o‘z moliyaviy siyosatini to‘g‘ri yo‘ldan olib bormoqda. Shu sabab jamoaga har tomondan pullar oqib keldi. "Liverpul" uy stadioni bo‘lgan "Enfild"ni qaytadan ta’mirlamoqchi. Qolaversa, jamoada allaqachon yirik sovrinlar uchun kurashishga qodir tarkib shakllandi.

3. "Barselona" – 5.51 milliard dollar

Klub bir necha yildan beri moliyaviy bo‘hronlar ta’sirida qolgan. Shunga qaramay, katalon klubi dunyoning eng qimmat uchta klubidan biri bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsumda jamoa kichik byudjet bilan yashashga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, "Barsa" Ispaniya chempionligini nishonladi. Forbes'ga ko‘ra, shundan keyin klub qiymati 10 foizga ortgan.

2. "MYU" – 6.07 milliard

Ser Aleks Fergyusondan keyingi davr futbol nuqtayi nazaridan olganda, oson kechmadi. Biroq, moliyaviy jihatdan, jamoa orqa fonda yuksalaverdi. "Manchester Yunayted" so‘nggi bir yil ichida eng katta daromad ko‘rgan klub sanaladi. Jamoa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga qimmatlashgan.

1. "Real" – 6.07 milliard dollar

Boshqa klubni kutmagan ham bo‘lsangiz kerak. Doimo "Real" bilan keladigan ayrim darajalar bor. Moliyaviy jihatdan ham bu narsa yaqqol seziladi. Klubning maydondagi muvaffaqiyatlari, maydondan tashqariga ham ta’sir etmay qolmaydi.
Xususan, madridliklar bir necha yildan beri o‘z stadionini 1 milliard yevro evaziga qaytadan qurdi va bu jarayon yakunlanish arafasida turibdi. Boz ustiga, foydalar evaziga "Real" dunyoning eng yaxshi futbolchilarini o‘zida jamlab turibdi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:40, 25.07.2023.
O'qildi: 4343 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.