Qoidaga ko‘ra, transfer oynasi o‘rtasida muvaffaqiyatli transferlardan ko‘ra buzilgan bitimlar kam bo‘lmaydi. Odatda transferlar futbol va tibbiy sabablarga ko‘ra buziladi: masalan, futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoki boshqa klub tomonidan sotib olinggan bo‘lib chiqadi. Ammo ba’zida kulgili vaziyatlar tufayli kelishuvlar bekor qilinadi: bir vaqtlar Chupo-Moting faks buzilganligi sababli “Gamburg”dan “Kyoln”ga keta olmagan, Isko esa “Malaga”dan "Manchester Yunayted"ga.
Biroq, bu Fabinyoning "Liverpul"dan "Al-Ittihod"ga transferiga to‘sqinlik qilayotgan narsa oldida hali hech narsa emas. Transfer itlar tufayli barbod bo‘lishi mumkin!
Premyer-ligadagi besh muvaffaqiyatli mavsum va turli turnirlardagi g‘alabalardan so‘ng, "Liverpul" yulduz yarimhimoyachisi Fabinyo Yaqin Sharqqa o‘tmoqchi edi - iyul oyida 29 yoshli braziliyalik "Al-Ittihod"dan jiddiy taklif oldi.
Insayder Nikolo Shkiraning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv 45 million yevro bo‘lishi kerak edi, yarimhimoyachining o‘zi esa Saudiya klubi bilan 3 yillik shartnomaga kelishib olgan, unga ko‘ra u yiliga 25 million yevro ishlab olishi kerak.
Ko‘rinishidan, muzokaralar allaqachon nihoyasiga yetayotgan edi. Darhaqiqat, Saudiya Arabistoni taklifidan ko‘p o‘tmay, mersisaydliklar rahbariyati Fabinyoni yig‘indan chetlatdi.
Shunga qaramay, “Liverpul” hali ham hayajonda ko‘rinadi. Axir, kelishuv mutlaqo kulgili holatlar tufayli barbod bo‘lish arafasida.
Braziliyalik Saudiya Arabistoniga nafaqat oilasi, balki to‘rt oyoqli uy hayvonlari – ikkita fransuz buldogi bilan ham ko‘chib o‘tmoqchi. Muammo shundaki, qonunga ko‘ra, mamlakatga xavfli va tajovuzkor itlarni olib kirish taqiqlanadi. Fabinyoning buldoglari tajovuzkor toifaga kiradi.
Endi klub bu muammoni tezda hal qilishga va mamlakat rasmiylari bilan muzokara olib borishga harakat qilmoqda. Ammo agar hukumat kelishuvga rozi bo‘lmasa, unda katta ehtimollik bilan bitim amalga oshmaydi. Fabinyoning o‘zi itlarisiz boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tmoqchi emas.
Bu transfer amalga oshmay qolsa jahon futbolidagi eng kulgili sabab tufayli barbod bo‘lgan transfer sifatida tarixga kirsa kerak.