Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Yorqin Nazarov: "G‘alaba qozonishimizni kutmagan edim"

Yorqin Nazarov: "G‘alaba qozonishimizni kutmagan edim"

Baho:
+ | -

Superliganing 14-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Turon” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Turon”ning mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdik. Hisob 2:0 bo‘lgach, g‘alabaga erishdik deb xotirjamlikka berildik. Baqoyev bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirib, futbol 90 daqiqa o‘ynalishini ko‘rsatib qo‘ydi. So‘nggi daqiqada omadimiz kelib g‘alaba qozondik.

Jangovar bahs guvohi bo‘ldik. Qizil kartochkadan so‘ng mezbonlar biroz qiynalishdi. Yigitlar ko‘rsatmalarni deyarli to‘liq bajarishdi. Ligada jon saqlab qolish uchun kurashyapmiz va har bir bellashuvda bizga 3 ochko zarur. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, bugun g‘alabani kutmagan edim. Boisi, jamoa yangidan tashkil etildi va yigitlar ham hali yosh.

Penalti bo‘lgan vaziyatda men uzoqda edim. Hakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladimi, demak kontakt bo‘lgan.

Jumanqo‘ziyev jamoamiz safiga so‘nggilardan bo‘lib qo‘shildi. “Rubin” bilan kechgan uchrashuvlarda uni maydonga tushirdik. Bugun ham yaxshi harakat qildi. Tez, chaqqon futbolchi. Uning ustun jixatlaridan to‘g‘ri foydalanishga harakat qilamiz”, – dedi Nazarov.

Kiritildi: 22:53, 27.07.2023.
O'qildi: 1831 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик