"Napoli" yarim himoyachisi Piotr Zelinski Saudiya Arabistoni klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Yakshanba kuni nufuzli manbalardan ma’lum bo‘lishicha, "Al-Ahli" 29 yoshli futbolchi uchun "Napoli"ga transfer taklifi bilan chiqqan edi. Polshalik bugungi "Augsburg"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibda yo‘q edi. Neapolliklar bosh murabbiyi Rudi Garsiya yarim himoyachining ketishi haqidagi savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi va aytadigan gapi yo‘qligini aytdi, deydi insayder Fabrisio Romano.
Ayni damda kelishuv taqdiri amaldagi Italiya chempioni rahbariyatining qaroriga bog‘liq.













