Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Rafinya kechirim so‘radi

Rafinya kechirim so‘radi

Baho:
+ | -

Rafinya "Xetafe" bilan o‘yinda maydondan chetlatilgani uchun uzr so‘radi.

La Liganing 1-turidan o‘rin olgan "Xetafe"ga qarshi o‘yinda (0:0) Rafinya uchrashuvning 42-daqiqasida maydondan chetlatildi. "Barselona" yarim himoyachisi Gaston Alvaresga tirsagi bilan zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Bundan bir necha daqiqa oldin Rafinya Karles Alenyega nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun sariq kartochka olgandi.

"Jamoadoshlarim, murabbiylar shtabi, muxlislar va barcha obunachilardan uzr so‘rayman. Men xatoga yo‘l qo‘ydim va bu jamoaga qimmatga tushishi mumkin edi... Men mavsumni shunday boshlashni xohlamagandim.

Men tushunaman va sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarman. Biz xatolardan o‘rganamiz va yaxshilanamiz, men esa xatolarimdan albatta saboq olaman... Hozir ko‘plaringiz mendan nafratlanasizlar, ammo bu meni bu libos uchun qattiq ishlashda davom etishimga to‘sqinlik qilmaydi. Men sizlardan biri bo‘lib qolaman... Umid qilamanki, xatoimni imkon qadar to‘g‘irlayman”, — deb yozdi braziliyalik futbolchi o‘zining "Instagram"dagi sahifasida.

 

Kiritildi: 21:13, 14.08.2023.
O'qildi: 2004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик