Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Ne’matilla Qutiboyev: “Navbahor”da chempionlik uchun kurasha oladigan futbolchilar yig‘ilgan va jamoa zo‘r tarkibga ega”

Ne’matilla Qutiboyev: “Navbahor”da chempionlik uchun kurasha oladigan futbolchilar yig‘ilgan va jamoa zo‘r tarkibga ega”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan  “Aral” – “Navbahor” (0:2)  jamoalari uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining  ikkinchi qismida mezbonlar  bosh murabbiyi Ne’matilla Qutiboyev qatnashib, jurnalistlarning  savollariga javob berdi.

Odatdagidek, nukusliklar ustozi  o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Bugun Superliga yetakchilaridan biriga qarshi bahs o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda teng o‘yin bo‘ldi, ikkinchi bo‘limda esa “Navbahor” o‘z darajasini ko‘rsatdi. Ikkinchi 45 daqiqalikda namanganliklar mahorat bobida va jismoniy jihatdan kuchli ekanliklarini namoyish etishdi.     
— “Aral” bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, lekin zaxiradagilardan kam foydalandingiz...
— Foydalanishga harakat qildik, biroq majburiy o‘zgarishlar yuz berganidan so‘ng, rejalarimiz o‘zgardi. Himoyachilarda jarohat bo‘lgani bizga muammo tug‘dirdi.

— “Aral”ning joriy mavsumdagi maqsadi qanday?
— Jamoamizning asosiy maqsadi — maydonda chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilish. Natija esa o‘z-o‘zidan kelaveradi.

— Muxlislar bugun har doimgidanda faol bo‘lishdi. Ularga tilaklaringiz...
— Ishqibozlarimizga rahmat aytaman. Muxlislar jamoamizni buungi o‘yinda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishdi. Ishqibozlar doimo bizga dalda berib turishadi. Bugungi mag‘lubiyat uchun muxlislardan kechirim so‘rayman.

— Bugungi raqibingiz “Navbahor” haqida qanday  fikrdasiz?
— “Navbahor”da chempionlik uchun kurasha oladigan futbolchilar yig‘ilgan va jamoa zo‘r tarkibga ega.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:10, 15.08.2023.
O'qildi: 1298 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик