Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Yevropaning eng ko‘p maosh to‘laydigan klublari (top-20)

Yevropaning eng ko‘p maosh to‘laydigan klublari (top-20)

Baho:
+ | -

APL klublari futbolchilarga to‘lanadigan maosh borasida Yevropada yetakchilik qiladi. Ammo "PSJ" va "Real" bu borada eng oldingi o‘rinlarda turibdi. Xususan, Parij klubning yillik maosh harajatlari ancha kamaygan. Ayniqsa, Neymar ketganidan keyin, bu ko‘rsatkichlar yanada pastlaydi. Shunga qaramay, "PSJ" hali ham kuchli beshlik chempionatlaridagi har qanday klubdan 100 million funt ko‘proq mablag‘ni aynan futbolchilar maoshiga sarflamoqda. Bunday katta farq Kilian Mbappening shartnomasi sababli sodir bo‘lmoqda. Hujumchiga hozirda bir yilda 72 million funt to‘lanadi. Yoz davomida Mbappe bilan yuzga kelgan vaziyat hammaning e’tiborini tortgan edi. U "Real"ga o‘tishni istashiga qaramay, Parijda qolishga yaqin turibdi. Negaki, uning maoshi Madrid klubiga ham og‘irlik qilmoqda. Taqqoslash uchun Mbappening o‘zi bir yilda Fransiya elitasidagi 20 ta klubning barcha futbolchilaridan ko‘ra ko‘proq pul ishlab topadi.

Yillik maoshlarga kelganda quyidagicha holatni kuzatish mumkin. "MYU" bu borada uchinchi o‘rinni egallaydi. Undan keyin esa Yevropada tengsizga aylangan "Manchester Siti" turibdi. Shuningdek, "Barselona" va "Bavariya" kabi gigantlar ham ulardan juda uzoqda emas. APLning sakkizta klubi Yevropaning top-14 ro‘yxatiga kiradi. Masalan, inglizlarning "Aston Villa" va "Nyukasl" kabi o‘rtamiyona jamoalari maosh borasida "Milan" va "Inter"dan yuqorida turadi. Garchand "Everton" ikki mavsum davomida APLdan tushib qolishga yaqin kelganiga qaramasdan, yiliga 100 million yevroni maoshlarga sarflaydi va bu "Napoli" va "Roma"nikidan ancha ko‘proqdir.

Quyida siz Yevropaning eng katta pul sarflaydigan yigirmata klubini bilib olasiz. Ma’lumotlar "Capology" ma’lumot markazidan olingan bo‘lib, taxminiy hisob-kitoblarga asoslangan. Shuningdek, oldi-sotdilar davom etayotgani sababli quyidagi ro‘yxatdagi jamoalar o‘rni kelayotgan haftalarda almashishi mumkin. Demak, to‘liq ro‘yxat quyidagicha (qiymatlar yevroda ko‘rsatilgan):

1. "PSJ" –366 060 000
2. "Real" – 266 820 000
3. "MYU" – 248 333 772
4. "Manchester Siti" – 245 691 531
5. "Barselona" – 244 910 000
6. "Bavariya" – 236 930 000
7. "Arsenal" – 208 085 373
8. "Chelsi" – 186 040 387
9. "Liverpul" – 167 674 590
10. "Atletiko" – 155 090 000
11. "Yuventus" – 154 210 000
12. "Tottenxem" – 140 412 390
13. "Aston Villa" – 121 232 346
14. "Nyukasl" – 118 095 988
15. "Borussiya Dortmund" – 117 230 000
16. "Inter" – 110 780 000
17. "Everton" – 97 607 584
18. "Milan" – 94 900 000
19. "Roma" – 90 690 000
20. "Leypsig" – 87 180 000.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:37, 16.08.2023.
O'qildi: 5518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.