Maykl Olise Kristofer Nkunkuning og‘ir jarohatidan so‘ng «Chelsi»ning asosiy maqsadi bo‘lgandi. U allaqachon operasiya qilingan, ammo kamida to‘rt oydan keyin mashg‘ulotlarni boshlashi mumkin bo‘ladi.
Yana transfer bozoriga kirish kerak. Ammo Todd Boeli faqat shu yoz uchun allaqachon 320 million yevrodan ko‘proq pul sarflab bo‘ldi!
«Ha, biz transfer bozori ustida ishlayapmiz, chunki hozir bizda xuddi shunday roldagi futbolchi yetishmayapti», - dedi Pochettino.
Maykl avvalroq «Man Siti» uchun Riyod Mahrez o‘rniga tilga olinayotgan edi, biroq futbolchining o‘zi faqat «Chelsi»ga o‘tishni xohlagan. «Chelsi» bitiruvchisi Olise klub akademiyasida yetti yil o‘tkazdi va guruhning yetakchi iste’dodlaridan biri hisoblanardi. Ammo 14 yoshida u ketishga qaror qildi.
«Chelsi» iyul oyi oxiridan beri Oliseni qo‘lga kiritish uchun harakat qilib kelmoqda. Boeli allaqachon «Kristal Pelas»ga ikkita taklif bilan chiqdi, biroq bir qator rad javoblaridan so‘ng «aristokratlar»ning shashti pasaydi. «Saroyliklar» Maykl uchun taxminan 40 million yevro so‘radi. Tomonlar shartnoma tuzishga hozirlik ko‘rayotganda, yoqimsiz tafsilot paydo bo‘ldi: «Chelsi» o‘yinchi bilan «Kristal Pelas»ning ruxsatisiz muzokaralar o‘tkazdi, bu esa qoidalarga zid. Jurnalist Sami Mokbelning yozishicha, «saroyliklar» buni hurmatsizlik deb baholagan va allaqachon kelishilgan transferni cheklagan. Oliseni sotishdan tashqari, klub Lyuis Xollni ijaraga berishdan bosh tortdi - «Chelsi» u bilan olti yillik shartnoma imzolab, futbolchini o‘zida saqlab qolmoqchi edi. Ammo Xoll biroz avval «Nyukasl»ga o‘tdi.
«Kristal Pelas» sudga murojaat qilmoqchi edi. Bu Boelini qo‘rqitdi
Bir necha soat o‘tgach, The Guardian qo‘shimcha qildi: «Pelas» «Chelsi»ni sudga bermoqchi. Secret Scout'ning fikricha, klubda kerakli dalillar bor. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Chelsi» xavfni anglab yetgan va Olise uchun yangi taklif bilan chiqmagan. Romanoning insaydlaridan bir soat o‘tgach, «Kristal Pelas» prezidenti Olise klub bilan yangi to‘rt yillik shartnoma imzolashini e’lon qildi. Mayklning o‘zi darhol ijtimoiy tarmoqlardagi barcha xabarlarni o‘chirib tashladi.
Sami Mokbelning qo‘shimcha qilishicha, jamoa Olise bilan shartnomani uzaytirganidan keyin sudga murojaat qilish-qo‘ymaslik haqida yakuniy qaror qabul qilmagan. Ammo u allaqachon klub yuristlaridan sudga shikoyat qilish variantini ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Endi «Chelsi» uchun qaysi variant qulay? Hozircha ikkita variant bor
• «Chelsi» «Nottingem» futbolchisi Brennan Jonsonga «og‘iz solgan», deb xabar beradi The Guardian. 22 yoshli uelslik futbolchining narxi 50 million yevro atrofida bo‘ladi.
• Yana bir variant - «Lion» futbolchisi Bredli Barkola. Ammo bu borada «PSJ» bilan raqobatlashishga to‘g‘ri keladi: ular 20 yoshli vinger uchun 30 million yevro berishga tayyor, ammo «Lion» kamida 50 million olishni xohlaydi.