Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Timur Kapadze: «PFL bunday maydonni qanday qabul qilyapti?»

Timur Kapadze: «PFL bunday maydonni qanday qabul qilyapti?»

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Olimpik” (2:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— “Andijon” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Albatta, o‘yin qiyin bo‘ldi. Biz o‘ynashga harakat qildik. Ammo maydon ko‘p vaziyatlarda bunga imkoniyat bermadi. Bunaqa maydonda ayniqsa, bizning futbolni ko‘rsatish qiyin. “Andijon”ga esa bu tarafdan qulay va osonroq bo‘ldi. Balki ular o‘ynayotgan futbol bu maydonda yaxshiroqdir. PFL bunday maydonni qanday qabul qilyapti, savollar bersa bo‘ladi. Bundan oldingi ikkita o‘yinni ko‘rdik, holati yaxshi emas. Bu esa biroz o‘yinni buzdi. Nima bo‘lganda ham yigitlar bunday maydonda harakat qilishdi. Albatta, biz boshidayoq xato qildik. Himoyachimizning xatosi bilan gol o‘tkazib yubordik. Lekin vaziyatdan chiqib ketdik va gol urdik. Ikkinchi bo‘limdagi golda o‘yin qoidasi buzilgandi. Takroriy holatda ham ko‘rdik, ammo hakam jim turdi. Bu yerdagi muxlislar, atmosfera, har taraflama kuchli bo‘ldi. Bosim bor edi. Shunga qaramasdan yigitlar oxirigacha harakat qilishdi. Bunaqa maydonda bo‘lsa ham kombinasiya qilishga harakat qilishdi. Vaziyatlar yaratishga intilishdi. Kamchiliklar ham ko‘zga tashlandi.

— Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar qanchalik o‘yinni kuchaytira oldilar?
— Menimcha, kuchaytirishdi. O‘yinga biroz jonlantirish qo‘shishdi. Baribir bu maydonda o‘ynash juda qiyin. “Andijon” himoyalanayotgan bo‘lsa, albatta bu qiyin. Zaxiradan maydonga tushib ham yigitlar vaziyatlar yaratishdi. Durang bilan chiqib ketsak bo‘lardi. Bunday o‘yinga kirishib ketish oson emas. Ammo ular yaxshi kirishib ketishdi.

— Jamoangizdagi aksariyat o‘yinchilar yoshlar. Nima deb o‘ylaysiz, balki stadiondagi bugungi muhit ularga bosim o‘tkazib, o‘yiniga ta’sir ko‘rsatgandir?!
— Buning ham balki ta’siri bordir. Lekin ko‘proq ta’sir - bu maydon bo‘ldi. Raqibni bilardik, ammo ko‘p vaziyatlarda maydon imkon bermadi. To‘p bilan o‘ynashda qiyinchiliklarga duch keldik. Himoyalanayotgan jamoaga osonroq bo‘ldi.

— Adashmasam, “Olimpik” oxirgi marta may oyida g‘alaba qozongandi. Jamoaga nima yetishmayapti? O‘tgan yilgi “Olimpik”dan ko‘ra bu yilgi “Olimpik” nobarqaror ishtirok etyapti.
— Ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Yangi yigitlar keldi. Ularga imkoniyat beryapmiz. Ha, kamchiliklar ko‘zga tashlanyapti, qayerdadir xatolar kuzatilyapti. Bu yoshda menimcha normal holat. Har bir xatoning ustida ishlayapmiz, ko‘rsatyapmiz. Mening vazifam — ularga imkoniyat berish. Kamchiliklari bo‘lsa ularni to‘g‘rilash. Chunki ko‘p futbolchilar baribir o‘z klublarida imkoniyatga ega emasdi va bu yerda ularga imkoniyat taqdim qilyapmiz. Yaxshi o‘ynashsa, kuchli bo‘lishsa albatta terma jamoaga eshiklar ochiq.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:11, 21.08.2023.
O'qildi: 3917 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.