Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Shaskix: «O‘z rejamni aytib qo‘yishim mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi»

Shaskix: «O‘z rejamni aytib qo‘yishim mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ertaga O‘zbekiston superkubogi doirasida «Paxtakor» hamda «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. 

Uchrashuv oldidan poytaxtliklar ustozi Maksim Shaskix matbuot anjumanining ikkinchi qismida ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirdi. 

«Ertaga o‘yin qiziq bo‘lishi aniq. Biz chiroyliroq futbol o‘ynash uchun bor salohiyatimizni ishga solamiz. Umid qilamanki, o‘yin muxlislarga yoqadi. Muxlislarni stadionda kutib qolamiz va biz maydonda chiroyli futbol namoyish etamiz. Natijani esa o‘yindan keyin bilib olamiz.

Har bir sovrin futbolchi va murabbiylar uchun juda muhim. Sovrin tarixda qoladi va ushbu sovrinni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Ertaga kubok finali va ushbu sovrinni hech kim raqibga berib yuborishni xohlamaydi. Ertaga sifatli o‘yin va o‘zimiz istagan natijaga erishamiz degan umiddaman.

O‘z rejamni aytib qo‘yishim mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Tarkibni o‘yindan avval aniqlayman. Chempionat va kubok bahslarini solishtirish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Chempionat uzoq vaqt davom etadigan musobaqa, kubok bahslari esa xatoni kechirmaydi va bor-yo‘g‘i bir o‘yin o‘tkaziladi. O‘yinga tayyorgarlik ham boshqacha bo‘ladi. Ertaga «Paxtakor» namoyish etadigan o‘yin bir hafta oldingi o‘yindan farq qiladi», – dedi murabbiy.

Kiritildi: 23:03, 23.08.2023.
O'qildi: 1671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик