Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Timur Kapadze: “Olimpik”da muhit a’lo darajada"

Timur Kapadze: “Olimpik”da muhit a’lo darajada"

Baho:
+ | -

Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Turon” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Turon” bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sezildi. Ilk daqiqadanoq bizni pressing va bosimda ushlab qolishga harakat qilishdi. Lekin, bugun biz yaxshi o‘ynadik. Xatolar ham bo‘ldi. Umuman, g‘alabaga haqli edik. Bu esa asosiysi.

Jamoamizda muhit juda ham yaxshi. Ha, ancha vaqtdan buyon natija ko‘rsata olmayotgan edik. Boisi, o‘z xatolarimiz sabab to‘plar o‘tkazib yubordik. Tarkibimizda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Moslashish jarayoni ham bor, sababi yangi jamoaga kirishib ketish kabi holatlar rol o‘ynayotgandir. Davralar oralig‘ida ko‘plab futbolchilar jamoamizni tark etdi, ularning o‘rniga yangilar keldi. Baribir vaqt kerak. Ishlar davom etmoqda. Har kuni o‘sish uchun harakat qilyapmiz. Bugun xatolar bo‘lmadi. Ko‘proq gol kiritishimiz ham mumkin edi. Ikkita gol g‘alaba uchun yetarli bo‘ldi. Asosiysi, darvozamizdan to‘p olib chiqmadik.

Ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda jamoalarda kuch ko‘p bo‘lgani uchun barcha vaziyatlarga ulgurishga harakat qilishdi. Ikkinchi taymda esa goldan so‘ng “Turon” katta kuch bilan hujumga zo‘r berdi. Natijada bizda vaziyatlar ko‘p bo‘ldi.

Legionerlarimizning o‘rni boshqa. Biz ularning nimalarga qodir ekanligini yaxshi bilamiz. Norchayev bilan ham, Jiyanov bilan ham doimiy aloqadaman. Mashg‘ulotlarda to‘liq hajmda ishlashni, kerak bo‘lsa, yakka tartibda ham shug‘ullanishini ta’kidlayapman. Menimcha, hammasi yaxshi. U yerda raqobat bor. Murabbiylari ham o‘zgardi. Ko‘plab nyuanslar bor. Iqtidorli futbolchilarimizning u yerda zaxirada o‘tirishi yaxshi emas. Bunday vaqtda ko‘p narsa agentlarga ham bog‘liq. Asosiy tarkibdan hech kimga joy kafolatlanmagan. Kurashish lozim. Hech bo‘lmasa, 10 kun vaqtimiz bo‘lganida, o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etib, ularning holatini yaxshilashga harakat qilardik”, – dedi Kapadze.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 02:44, 26.08.2023.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик