Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Ilyos Zeytullayev: «O‘zim tug‘ilib-o‘sgan O‘zbekiston termasida o‘ynashni afzal ko‘rdim...»

Ilyos Zeytullayev: «O‘zim tug‘ilib-o‘sgan O‘zbekiston termasida o‘ynashni afzal ko‘rdim...»

Baho:
+ | -

Top-5 chempionatlaridan Italiya «A» seriyasida o‘ynagan birinchi o‘zbek futbolchisi Ilyos Zeytullayev hisoblanadi.

Top-5 chempionatlaridan Italiya «A» seriyasida o‘ynagan birinchi o‘zbek futbolchisi Ilyos Zeytullayev hisoblanadi. Mana, oradan yigirma yildan ko‘proq vaqt o‘tib, yana ikki nafar vakilimiz kuchli beshlik ligalariga qo‘shildi. Eldor Shomurodov 3 yildan beri «A» seriyada o‘ynayotgan bo‘lsa, Abduqodir Husanov yaqindagina Fransiya vise-chempioni «Lans» safidan qo‘nim topdi. Yaqinda Yevropa elitasidagi qaldirg‘ochimiz Ilyos Zeytullayev «RB Sport» nashriga intervyu berdi. Unda sobiq futbolchi ishqibozlarni qiziqtiradigan ko‘plab masalalarga oydinlik kiritib berdi. Biz ham ana shu qiziqarli suhbatning e’tiborga molik qismini Siz, aziz futbol muxlislariga havola etishga jazm etdik. 2001 yili Moskvadagi «Sportakademklub»ning uch futbolchisi - Ilyos Zeytullayev, Viktor Budyanskiy va Sergey Kovalenko «Yuventus» bilan shartnoma imzolaydi. Ular asosan yoshlar jamoasi uchun o‘ynagan bo‘lsa-da, asosiy tarkib mashg‘ulotlariga ko‘p jalb qilinar edi. Ilyos Zeytullayev esa, asosiy jamoa tarkibida debyut qilib, mashhur murabbiy Marchelo Lippi qo‘l ostida Italiya kubogida ikkita uchrashuvda «Yuventus» sharafini himoya qilgan.

- Ilyos, siz Toshkent yaqinida tug‘ilgansiz. Futbolga qanday kirib qolgansiz?

- Otam bolalar murabbiyi bo‘lib ishlagan. Bolaligimdan meni o‘zi bilan mashg‘ulotlarga olib borardi. Boshidanoq mashg‘ulot va uchrashuvlarga borishga ko‘nikkanman va bular men uchun oddiy hol bo‘lib qolgan. Keyinroq o‘zim ham futbol bilan shug‘ullana boshladim.

- Siz murakkab davr - sobiq Ittifoq parchalagan yillarda ulg‘aydingiz...

- Ha, oson bo‘lmagan, albatta. Biz oilada to‘rtta farzandmiz, ikki qiz va ikki o‘g‘il. Otam murabbiy, onam ingliz tilidan dars berardi. Qashshoqlikda yashaganmiz deya olmayman, lekin ba’zi narsalar cheklangan edi. Oddiy oila edik.

- Shunga qaramay, faoliyatingiz birdan avjiga chiqdi...

- Avvaliga Respublika Olimpiya zaxiralari bilim yurtiga o‘qishga kirdim. Keyinroq meni «Sportakademklub» vakillari payqab qolishdi. Moskvaga ko‘chib o‘tdim. Ikki yilga yaqin o‘sha yerda shug‘ullandim. U yerga Sarsaniya tufayli borganman - sport direktori edi. O‘zbek futbolchisining Rossiya klubiga qo‘shilishi juda noyob voqelik edi o‘shanda. Xorijliklardan faqat men, Litva va Belarusdan yana bittadan futbolchi bor edi. Qolganlarning hammasi Rossiya va Ukrainadan bo‘lgan. Tabiiyki, omadim chopgan. Meni O‘zbekistondagi turnirlardan birida kashf qilishgan edi.

- Moskvaga juda yosh kelgansiz. Qiyin bo‘lganmi?

- Ha. Ta’tillarda hamma yigitlar uyiga ketardi, men Moskvada qolardim. Toshkent­ga uchish qimmatga tushardi. Maqsadim, futbolchi bo‘lib, oilamga ko‘maklashish edi. «Sportakademklub»da hashamatli sharoitlar yaratilgandi. Bazamiz Rossiya terma jamoasi shug‘ullanadigan Novogorskda edi. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilardi. Qishda xorijga - xalqaro turnirlarga borardik va katta klublar bilan o‘ynardik. Har doim yaxshi qatnashganmiz. Ana shunday turnirlarda xorij klublari skautlari bizni kuzatib borgan ekan.

- Sizga birinchi bo‘lib «Bordo» qiziqqan edi...

- Ha, bu 1999 yilda bo‘lgan. O‘shanda 15-16 yoshda edim. Fransiyaga shug‘ullangani borganim esimda, klublar o‘zaro muzokara o‘tkazishgan. Menga u yerda juda yoqqan. Yosh o‘yinchi uchun juda zo‘r sharoit yaratilgandi. U yerda ikkinchi jamoada shug‘ullanganman, asosiy tarkib chempionatda yuqori o‘rinlarda edi. O‘shanda birinchi marta xorij klubida qolishni istagandim. Futbol darajasi umuman boshqa ekanini o‘sha yerda his qilganman. O‘yinchilar va ularning ishga munosabati yoqqan. Biroq, klublar o‘zaro kelisha olishmadi. Keyin meni «Feyenoord»ga jo‘natishdi.

- O‘sha payt yolg‘iz bo‘lganmisiz?

- «Bordo»da bir o‘zim edim. Niderlandiyaga Budyanskiy bilan birga borganman. U yerda Igor Korneev bor edi. Bizni kutib oldi, jamoaga olib keldi va biz shug‘ullana boshladik. Bir necha turnirlarda qatnashdik, lekin u yerda qololmadik. Bular ko‘rik bo‘lgan xolos. Mos kelmaganmiz, shekilli. Shundan keyin «Yuventus» varianti paydo bo‘ldi.

- Hozir bular hayratlanarli eshitilyapti.  Yevropadan bunday kuchli qiziqish qayerdan paydo bo‘ldi? Qolaversa, sizlar Rossiyaning asosiy jamoasida bo‘lmagansizlar...

- O‘shanda «Sportakademklub» butun sobiq Ittifoq hududidan eng iqtidorli bolalarni to‘playdigan tizim sifatida nom qozongandi. Bu yerda yaxshi futbolchilar tarbiyalanayotganini hamma bilardi. Bu o‘yinchilarni mamlakatning top klublari va Yevropa jamoalariga tavsiya qilishardi. Bor e’tibor shunga qaratilgandi.

- «Sportakademklub»da eng iqtidorli o‘yinchi kim edi?

- Anatoliy Gerk bo‘lsa kerak. U keyinroq «Anderlext»ga ketdi. Lekin faoliyati kutilgandek rivojlanmadi. Aleksandr Pavlenko ham juda iste’dodli edi. Vitya Budyanskiy «Udineze» darajasigacha yetib bordi. O‘z vaqtida uni Italiyada Pavel Nedvedga tenglashtirishgan.

- 2001 yili siz «Yuventus»ga keldingiz. 16-17 yosh bo‘lgansiz. Ko‘z o‘ngingizda nimalar ro‘y bergandi?

- Bu voqealardan 4-5 yil oldin bu jamoa o‘yinchilarining plakatlari devorimda turardi. Endi ular bilan birga shug‘ullanyapman. Bu ro‘yobga aylangan tushga o‘xshardi. Oddiy o‘zbek yigiti uchun buyuk klubga yaqin kelish, aqlbovar qilmas holat edi. Hamma narsa o‘z ahamiyatini yo‘qotgan edi va faqat keyingi mashg‘ulot haqida o‘ylardim. Hamma narsa yangicha, ish uslubi umuman boshqacha edi. Bizning davrimizda yoshlar jamoasi murabbiyi Gasperini edi. Bunday murabbiyga avval duch kelmaganimni darrov tushunib yetdim. Muhitdan har kuni bahra olardim. Bizni asosiy tarkib bilan shug‘ullanishga jalb etishganida atrofimiz yulduzlar bilan to‘lib toshardi. Ularga qarab, tushimmi yoki o‘ngimmi, deb o‘ylardim.

- Gasperini o‘shanda endi murabbiylik faoliyatini boshlagan edi. «Yuventus» yoshlar jamoasi uning birinchi ish joyi. O‘shanda u qanday edi?

- Hozir ham aniq eslayman, o‘shandayoq u Italiya futbolidan o‘zib ketgandi. U hozir «Atalanta» qo‘llayotgan uslubni bizga singdirgandi. O‘sha paytlar hamma italyan murabbiylar Arrigo Sakkidan o‘rnak olib, uning shablonlari bilan ishlardi. Gasperini o‘zining yo‘lidan bordi. Biz o‘shandayoq 3-4-3 yoki 4-3-3 sxemasida o‘ynardik. Ikki hujumchi bizning uch nafar himoyachiga qarshi o‘ynashga qiynalardi. Aksincha, raqibning ikki himoyachisi bizning uch hujumchimizga qarshi turolmasdi. O‘yinimizni ilg‘ab olish qiyin edi. Gasperini zo‘r strateg bo‘lgan. U har doim maqsad sari intilgan. Murabbiyga sening ishlaring yoki muammolaring qiziq emasdi. U faqat natijani ko‘zlaydi, o‘yinchidan borini sug‘urib oladi. Shuning­dek, bizdan Rossiya va O‘zbekistonda qanday va qaysi metodikalar asosida shug‘ullanganimizni so‘rab olardi. Qaysi testlarni topshirganimiz haqida ma’lumot olardi. Bular unga qiziq bo‘lgan.

Davomi gazetamizning keyingi sonlarida

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:42, 26.08.2023.
O'qildi: 6911 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.