Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Borussiya" "Leypsig" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Borussiya" "Leypsig" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Hujumchi Yussuf Poulsenda klubini o‘zgartirish imkoniyati bor.

Germaniyaning Sport1 nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli daniyalik futbolchiga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq “Leypsig” Poulsenni sotmoqchi emas. Ayni damda uning shartnomasini yangilash imkoniyati Dortmundga o‘tish imkoniyatidan yuqoriroq.

Poulsen o‘n yildan beri "Leypsig"da o‘ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u 361 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 85 ta gol va 63 ta samarali uzatmani hamkorlariga taqdim etgan.

Transfermarkt portali mutaxassislari Yussuf Poulsenni 7 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:45, 28.08.2023.
O'qildi: 997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик