Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Bugun Chempionlar ligasiga qur’a tashlanadi

Bugun Chempionlar ligasiga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

Chorshanba oqshomida Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi ishtirokchilari aniqlandi: PSV, “Antverpen” va “Kopengagen. Ular seshanba kuni saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan "Braga", "Galatasaroy" va "Yang Boyz"ga qo‘shilishdi.

2023/24 yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi jamoalarning yakuniy ro‘yxati shunday ko‘rinish oldi.

1-savatcha: “Manchester Siti”, “Sevilya”, “Barselona”, “Napoli”, “Bavariya”, “PSJ”, “Benfika”, “Feyenoord”.

2-savatcha: “Real Madrid”, “Manchester Yunayted”, “Inter”, “Borussiya Dortmund”, “Atletiko Madrid”, “RB Leypsig”, “Portu”, “Arsenal”.

3-savatcha: “Shaxtyor”, “Red Bull Zalsburg”, “Milan”, “Braga”, PSV, “Lasio”, “Srvena Zvezda”, “Kopengagen”.

4-savatcha: “Yang Boyz”, “Real Sosyedad”, “Galatasaroy”, “Seltik”, “Nyukasl”, “Union Berlin”, “Antverpen”, “Lans”.

“Real Madrid”, “Manchester Yunayted” va “Inter” ikkinchi savatchada. Nega bunday bo‘ldi?

Birinchi savatchaga 8 ta jamoa kiradi: Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa ligasi g‘olibi va UEFA klublar reytingiga ko‘ra eng yaxshi 6 ta milliy assosiasiyalar chempionlari.

"Manchester Siti" o‘tgan mavsumda ham chempionlikni, ham Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgani uchun UEFA reytingiga ko‘ra yettinchi assotiasiya hisoblangan Niderlandiya chempioni ham birinchi savatchaga tushdi. Shu bois “Feyenoord” guruh bosqichida “Barselona” va “Napoli” bilan uchrashishdan qochdi.

Qolgan savatchalarni UEFA klublar reytingi belgilaydi. Aytgancha, "Real Madrid" birinchi pog‘onadagi ko‘pchilik jamoalardan yuqoriroq.Joriy birinchilikda faqat "Manchester Siti" va "Bavariya"da ko‘proq ochko bor.

To‘rtinchi savatcha ham ancha qiziqarli bo‘lib chiqdi.

Birinchidan, "Nyukasl" va "Lans" 20 yildan so‘ng guruh bosqichiga qaytishdi.

Ikkinchidan, Chempionlar ligasining ikki debyutanti – Berlinning “Union” va Belgiya chempioni “Antverpen” shu savatchada.

Qur’a qachon bo‘ladi?

Bugun, 31 avgust, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da. Ishtirokchilar 4 ta jamoadan iborat 8 ta guruhga bo‘linadi.

Marosim Monakoda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, so‘nggi Chempionlar ligasining eng yaxshi o‘yinchilari ham mukofotlanadi.

Guruh bosqichi 19 sentyabr kuni boshlanadi.

Kiritildi: 13:48, 31.08.2023.
O'qildi: 5180 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик