Visente Guaita Premyer-ligani tark etdi.
"Kristal Pelas"ning 36 yoshli darvozaboni Vigoning "Selta" klubiga ko‘chib o‘tdi. Uning shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Ispaniyalik futbolchi “Pelas”ga 2018 yilda kelib qo‘shilgan va besh mavsumni Premyer-ligada o‘tkazgan va ingliz klubi safida 154 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Guaita allaqachon La Ligada "Valensiya" va "Xetafe"da o‘ynagan.













