Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

«MYU»ning joriy mavsumdagi XG ko‘rsatkichi haqida

«MYU»ning joriy mavsumdagi XG ko‘rsatkichi haqida

Baho:
+ | -

Xavfli vaziyatlar yaratish va XG bo‘yicha Angliyada «Brayton» va «MYU» yetakchilik qilyapti ekan.

«Brayton» tushunarli, ayniqsa dastlabki turlarni bayram qilib yuborishdi, ammo bu yerda «MYU»ning ham borligi bir narsani isbotlaydi - XG alohida uchrashuv haqida qandaydir xulosalarni taqdim etsa-da, ma’lum davr uchun aldamchi taassurot yaratishi ham mumkin, zero «MYU»ga qarab turib, eng yaxshi hujum qilayotgan jamoalardan biri deya olmaymiz, to‘g‘rimi?

XG da ssenariy, kontekst ham juda muhim. Aytaylik, «MYU» «Vulverhempton» va «Nottingem» darvozasiga g‘alaba gollarini 76-daqiqada urdi. «Tottenhem»ga gol ura olmadi. Ya’ni, o‘tgan salkam 270 daqiqaning atigi 28 daqiqasida tabloda «MYU» qoniqtiradigan hisob porlab turgan. Qolgan 242 daqiqa yo hisobda ortda borgan yoki durang. Bu holda «Yunayted»dan ko‘proq hujum qilish talab qilinadi, raqib ham biroz himoyaviy o‘ynaydi.

«Manchester Siti»  «Byornli» bilan 4-daqiqadan boshlab, «Nyukasl» bilan esa, 31-daqiqadan boshlab hisobda oldinda bordi. Tabiiyki, ulardan hujumda faollikdan ko‘ra, o‘yinni nazorat qilishni, himoyada ehtiyotkorlikni kutasiz. Shunday bo‘ladi ham. Kerak bo‘lsa, «Siti» yanayam ko‘proq vaziyatlar yaratish mumkinligini yaxshi bilamiz.

Yana bir qiziq fakt. O‘tgan mavsumda «MYU» eng ko‘p vaziyatni aksincha, hisobda oldinda borganda yaratgan. Sababi, jamoa qarshi hujumda, ko‘proq zonalar paydo bo‘lganda o‘zini yaxshi his qilardi. Gol zarur bo‘lganda, raqib yopilib olganda vaziyatlar yaratishda qiyinchilikka duch kelgan.

Xullas, e’tiborga olinish kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p va ularsiz quruq ko‘rsatkichlar aldamchi tomonga ham olib ketib qoladi.

Shuning uchun XG ko‘rsatkichlari ba’zida hech narsani anglatmaydi. Eng muhimi o‘yinni tomosha qilgan paytda olinadigan taassurot, menimcha.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 17:53, 02.09.2023.
O'qildi: 2140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.