Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Adriano Galliani: «Gattuzoni sovrinlar xonasiga qamab qo‘yganman...»

Adriano Galliani: «Gattuzoni sovrinlar xonasiga qamab qo‘yganman...»

Baho:
+ | -

«Milan»ning mashhur sobiq direktori Adriano Galliani Le Memorie di Adriano G. nomli avtobiografik asari taqdimoti payti jurnalistlarga «tutildi» va ularning turli savollariga javob berishiga to‘g‘ri keldi

Futbolda ko‘pni ko‘rgan funksioner o‘ziga xos suhbatni marhum Silvio Berluskoni bilan bog‘liq xotiralaridan boshladi: «Berluskoni bilan «Milan»ning buguni va kelajagi haqida juda-juda ko‘p gaplashganmiz. U hamisha qat’iy ohangda alohida ta’kidlardi: «Milan» - bu biznes emas».

- Siz ishlagan davrda «Milan» sanoqsiz yulduzlarni ko‘rgan. Ulardan eng kuchlisi kim edi?

- Javob berishga qiynalmayman - «Milan»da men ko‘rgan eng kuchli futbolchi Marko van Basten, shubhasiz. 

- 6:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan «Milan derbisi»dan qanday xotiralar qolgan?

- O‘sha o‘yindan keyin kimdir menga qo‘ng‘iroq qilgandi: «To‘g‘risi, hisob 4:0ga yetganidan keyin to‘xtasanglar ham bo‘lardi...». Shunda unga oddiy javob berganim yonimda: «To‘xtadik, aks holda, 8 yoki 9ta gol urarmidik...?»

- «Istanbul finali»dan keyin Gattuzo bilan ro‘y bergan voqelikni esga olsangiz...

- Istanbuldagi hal qiluvchi o‘sha o‘yinni eslash ham alamli. Ha, futbol qonuni oddiy: siz g‘alaba qozonasiz yoki yutqazasiz. Lekin 3:0 hisobida oldinga chiqib olgan jamoaning yakunda imkoniyatni boy berishi kamdan-kam kuzatiladi, ayniqsa, finallarda. O‘sha oqshom Gattuzo halloslab yonimga keldi va agar «Milan»da qolsa, mag‘lubiyat og‘rig‘idan aslo qutulolmasligini aytdi. Shunda jinnilik qilmasligi, hammasiga vaqt davo bo‘lishini tushuntirishga urindim. Lekin Jennaro qaysarlik qilib, ketish qarorida turib oldi. Oqibatda keskin chora qo‘llashimdan o‘zga chora qolmadi: uni sovrinlar xonasiga qamab qo‘ydim va fikrini o‘zgartirmagunicha eshikni ochmasligimni aytdim. O‘shanda soat 11:00 edi, orada unga bir nechta sendvich berdim. Xullas, Jennaro soat 17:00ga yaqinlashgan payt ketish ahdidan qaytganini bildirdi.

- «Marsel»ga qarshi o‘yin to‘xtatilgach, «hunar» ko‘rsatgan edingiz...

- Fransiyadagi jinniligim Belgradda kuzatilgan voqelik bilan bog‘liq. Eslasangiz, «Milan» 0:1 hisobida ortda qolayotgan, boz ustiga, qizil kartochka tufayli maydonda ozchilik bo‘lib harakatlanayotgan payt birdan qalin tuman paydo bo‘ldi va hakam o‘yinni to‘xtatdi. Ma’lum vaqtdan keyin uchrashuv davom ettirildi va  yakunda g‘alaba qozonib, kubokni baland ko‘tardik. O‘xshashlikni qarangki, Marselda chiroq o‘chib qolgan pallada xuddi Belgraddagi kabi 0:1 hisobida yutqazayotgandik. Xullas, o‘sha lahzadayoq Belgradda bizni qo‘llagan omad qaytayotganini o‘yladim. Oddiy aytganda, Marselda ro‘y bergan psixiatrik voqealar sababi shu.

- Mana, mavsum-2023|2024 ham boshlandi. His-tuyg‘ular qanday?

- Nimadir deyishga hali erta, juda erta. Axir 1-turdan keyin baho berish mumkin emas, biroz kutaylik, kuzataylik.

- Yozgi bozor haqida: Petanyaning ketishi yuzasidan biror yangilik bormi?

- «Kalyari» bilan muzokara ketmoqda, bundan nima chiqishini ko‘ramiz.

- «Milan»ning bugungi holati yoqdimi?

- «Bolonya»ga qarshi o‘yinini to‘liq ko‘rolmadim, lekin dastlabki 30 daqiqalik bo‘yicha gapirsam, jamoa juda yaxshi ko‘rindi.

- Xo‘sh, aynan kim ko‘proq hayron qoldirdi?

- Pulishich ijrosida ajo­yib, kuchli o‘yin ko‘rdim. Lekin qaytaraman, uchrashuvni to‘liq tomosha qilolmadim.

- Bonaventura haqida nima deysiz?

- Menga qolsa, shartnomasini yangilab, uni jamoada olib qolgan bo‘lardim. Bonaventura - fantastik futbolchi, shuningdek, superinson ham. Ajoyib. Aytgancha, uni 2015 yili shundoq «Inter» qo‘lidan tortib olgandim.

- Spalletti - Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi. Bu to‘g‘ri tanlovmi?

- Menimcha, Spalletti - qo­yilmaqom murabbiy. Uni 10 kuncha oldin Forte-dey-Marmida ko‘rgandim. O‘shanda Manchinining iste’foga chiqishi haqida bir og‘iz gap yo‘q edi. Umuman, Spalletti ajoyib mutaxassis ekanligini amalda isbotladi, u g‘oyat aniq g‘oyalarga ega. Ayniqsa, hozir mukammal holatda.

- O‘sha oqshom Gattuzo halloslab yonimga keldi va agar «Milan»da qolsa, mag‘lubiyat og‘rig‘idan aslo qutulolmasligini aytdi. Shunda jinnilik qilmasligi, hammasiga vaqt davo bo‘lishini tushuntirishga urindim. Lekin Jennaro qaysarlik qilib, ketish qarorida turib oldi. Oqibatda keskin chora qo‘llashimdan o‘zga chora qolmadi: uni sovrinlar xonasiga qamab qo‘ydim va fikrini o‘zgartirmagunicha eshikni ochmasligimni aytdim. O‘shanda soat 11:00 edi, orada unga bir nechta sendvich berdim. Xullas, Jennaro soat 17:00ga yaqinlashgan payt ketish ahdidan qaytganini bildirdi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:18, 02.09.2023.
O'qildi: 1486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.