Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

"Chelsi" uchun mavsum starti - shunchaki falokat

"Chelsi" uchun mavsum starti - shunchaki falokat

Baho:
+ | -

“Chelsi” o‘z maydonida “Nottingem Forest”ga imkoniyatni boy berdi – 0:1. Mezbonlar 90 daqiqa ichida 21 marta zarba bergan bo‘lsa-da, ulardan atigi ikkitasi raqib darvozasiga aniq yetib bordi.

Qaysidir ma’noda, "Chelsi" haqiqatan ham vaziyatlardan foydalanishda juda omadsiz edi. XG ga ko‘ra, Pochettino jamoasi ikki baravar yaxshiroq natija qayd etgan edi - 2,28 ga 1,15 (underStat ma’lumotlari). Uchrashuvdagi eng dahshatli lahza "Vilyarreal"dan 37 million yevroga sotib olingan "Chelsi"ning yangi a’zosi Nikolas Jekson bilan sodir bo‘ldi. Forvard deyarli 3 metrdan bo‘sh darvozaga to‘pni kirita olmadi. Bundan tashqari u boshqa ko‘plab ajoyib imkoniyatlardan ham foydalanmadi.

O‘yindan so‘ng “Chelsi” bosh murabbiyi natija tabiiy emasligini aytdi: “Albatta, biz yaxshiroq edik va ko‘proq narsaga loyiq edik. Biz vaziyat yaratdik, ammo gol ura olmadik – darvoza tomon bir nechta zarbalar samarasiz yakunlandi. “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda ham, bugun ham ko‘proq narsaga haqli edik. Siz o‘tmishdagi natijalarga qarab jamoaning g‘alaba qozonishini xohlashingiz mumkin. Biz fantastik o‘ynamayapmiz, lekin menimcha, o‘yinimiz yaxshi. Muxlislar g‘alaba qozonishni xohlashadi, biz esa ularni xursand qilishimiz kerak", - dedi Pochettino o‘yindan keyin.

Premyer-ligada terma jamoalar o‘yinlariga tanaffus oldidan to‘rtta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu vaqt ichida “Chelsi” uch marta ochko yo‘qotdi – bu halokatli start. Jamoa faqat o‘z uyida chempionatning eng kamtarona tarkibiga ega "Luton"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi - ma’lumot uchun jamoaning qiymati 85 million yevro. Bu "Chelsi"ning yozda bitta Kaysedo uchun to‘laganidan pulidan kamroq mablag‘(116 million yevro). Shu bilan birga 1-turda "Chelsi" "Liverpul" bilan durang o‘ynaganini va raqibga yaxshi qarshilik ko‘rsatganini ta’kidlash lozim.

Shunga qaramay, "Chelsi" so‘nggi 14 oy ichida transferlar uchun milliarddan ortiq mablag‘ sarfladi. Ha, bu yozda "Chelsi" o‘yinchilarni sotishdan ham yaxshigina pul ishlab oldi (267 million yevro), lekin baribir ulardan ko‘proq (464 million yevro) sarfladi. Kechagi o‘yinda Jekson juda ko‘plab vaziyatlarni ko‘kka sovurdi, Kaysedoning noaniq tarzda to‘pni yo‘qotishi natijasida esa gol o‘tkazib yuborildi.

Qizig‘i shundaki, "Chelsi" joriy mavsumda ham to‘p nazoratida Premyer-liganing eng yaxshi jamoasi bo‘lib qolmoqda. O‘rtacha - 70,7 foiz bir uchrashuvda. "Nottingem" bilan o‘yinda bu ko‘rsatkich 76 foizni tashkil qildi. Biroq, bunday to‘p nazorati bilan yaratilgan imkoniyatlar soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin edi, ammo jamoa to‘pni faqat ushlab turish bilangina cheklanmoqda. Hozir "aristokratlar"da kim o‘yinni o‘ziga olib, natijani hal qilishga tayyorligi aniq emas. Shu jamoaning asosiy muammolaridan biri.

Kiritildi: 13:13, 03.09.2023.
O'qildi: 2552 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.