Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Ronaldu: "Messi bilan raqobat tugadi"

Ronaldu: "Messi bilan raqobat tugadi"

Baho:
+ | -

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi bilan raqobati o‘tmishda qolganini aytdi.

“Raqobat tugadi. Bu ajoyib edi, muxlislarga yoqdi. Krishtianu Ronalduni sevadigan odam Messidan nafratlanishi shart emas. Ikkalasi ham yaxshi o‘yinchilar, ikkalasi ham futbol tarixini o‘zgartirdi. Bizni butun dunyo hurmat qilishadi va bu asosiy narsa. U o‘z yo‘lidan ketadi, men o‘zimnikidan. U o‘z ishini qiladi, men esa Yevropadan tashqarida o‘ynashimizdan qat’i nazar, o‘z ishimni qilaman. Ko‘rganingizdek, u yaxshi, men ham yaxshi ishlayapman, hayot davom etmoqda. Biz 15 yil davomida sahnani bo‘lishdik. Biz do‘stmiz, demayapman, lekin biz kasb bo‘yicha hamkasbmiz va bir-birimizni hurmat qilamiz", - deya portugaliyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Record.

38 yoshli Ronaldu besh karra “Oltin to‘p” sohibi, shuningdek, besh karra Chempionlar ligasi, Yevropa chempioni va Millatlar ligasi g‘olibi. 2022 yilning dekabrida Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Xabar qilinishicha, uning maoshi reklamadan tushgan daromadni hisobga olgan holda yiliga 200 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 03:43, 07.09.2023.
O'qildi: 5388 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.