Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Taraqqiyotning muhim bosqichi yoxud Qashqadaryo futbolining rivojlanish davri

Taraqqiyotning muhim bosqichi yoxud Qashqadaryo futbolining rivojlanish davri

Baho:
+ | -

O‘zbek futboli ham o‘ziga yarasha tarixga ega, albatta. Ilk poydevor Qo‘qon va Toshkent shaharlarida qo‘yilgani hammaga ma’lum. Qiziq, mamlakatimizning boshqa hududlariga futbol qachon kirib borgan, hududlarda soha rivojlanishi qanday tus olgan? Jumladan, Qashqadaryo viloyati futboli tarixiga qiziqish katta ko‘pchilikda. Shuni inobatga olgan holda, quyida janubiy viloyat futboli haqida yaxlit ma’lumot taqdim etishni lozim topdik.

***

Vohada millionlar o‘yiniga intilish o‘tgan asrning 30-yillari boshlangan. Ilk futbol jamoasi 1937 yili Qarshi shahridagi 1-sonli maktab qoshida tuzilgan bo‘lib, unga «O‘qituvchi» nomi berilgan. Temiryo‘l xodimlari esa oradan ko‘p o‘tmay, «Lokomotiv»  jamoasiga asos solishgan. Xullas, ilk davrda viloyat miqyosidagi o‘yinlar shu ikki jamoa o‘rtasida kechgan. 1939 yilga kelib, Qarshida yana bir klub faoliyat boshlagan - «Pishevik». Ikkinchi  jahon urushidan keyin Qarshida «Isk­ra», «Lokomotiv» va non zavodi qoshida tuzilgan «Pishevik» klublari qaytadan shakllantiriladi va turli musobaqalar yo‘lga qo‘yiladi. O‘tgan asrning 50-yillarida esa kasaba uyushmalari ko‘ngilli sport jamiyati ham viloyat darajasida ilk rasmiy jamoaga asos soladi. Ushbu klub tarkibida V.SHuxovsev, E.Namozov, G.Eremeev, A.Drugov, S.Sulaymonov, YU.Poroskoy, G.Baxtizin, V.Konanenko, V.Bichkov, A.Peresepkin, S.Zekeriya, J.Azimov, Z.Mo‘minov kabi futbolchilar to‘p surishadi. Aynan ilk jamoalar tashabbusi va kuchi bilan maydonga chim yotqiziladi, darvozalar o‘rnatiladi. O‘sha payt «Pishevik» ancha kuchli bo‘lib, uning asosiy raqibi sifatida «Lokomotiv» gavdalangan. Chunonchi, bu klubda ham tajribali futbolchilar yig‘ilishgandi - M.Saxarov, N.Vaxrushev, A.Dovedyans, A.Suslov, V.Krevich, T.Usmonov, V.Titkov, N.Popov... Ke­yinchalik «Iskra» gegemonlikni o‘z qo‘liga oladi. Binobarin, bu klub shahar terma jamoasi maqomini olgandi. 

*** 

Qarshi futboli taraqqiyoti haqida gap ketganida, taniqli darvozabon Albert Sheglovning murabbiylik xizmatini alohida e’tirof etish kerak. Aynan shu mutaxassis tashabbusi va jonkuyarligi natijasida shaharda futbolga professional kasb sifatida yondashuv boshlanadi. Jumladan, 1965 yili tuzilgan «Qarshistroy» klubi asosini Sheglov shogird­lari tashkil etishgandi. Aytish o‘rinli, mazkur jamoa yillar davomida turli nomlar ostida faoliyat yuritgan: «Tong», «Beshkent», «Geolog», «Paxtachi». Klubning to‘la-to‘kis shakllanishida shuningdek, G.Gubarev, M.Husniddinov, A.Smetlev kabi murabbiylar xizmati ham katta. Turli yillarda jamoa sharafini S.YUrin, A.YUmangulov, A.Benorovich, G.Pronin, V.Xan, V.Antonov, K.Smirnov, I.Volkov, I.Yo‘ldoshev, E.Yo‘ldoshev, A.Napreev, I.Haqberdiyev va R.G‘a-niyev munosib himoya qilishadi. O‘tgan asrning 70-yillari Qarshi shahrida sobiq ittifoq faxriylar terma jamoasi mehmon bo‘ladi. Qolaversa, «Dinamo» (Minsk), «Dinamo» (Moskva), «Dinamo» (Kiyev), «Paxtakor» (Toshkent), «Qayrat» (Olma-ota), ASK (Rostov) va «Pomir» (Dushanbe) klublarining tashrifi ham vohaga katta futbol havosini olib kiradi. Mehmonlarning Qarshi terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinlari minglab muxlislarga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. A.Rahmatullayev, E.Qiyomov, O.Isayev kabi mahalliy futbolchilarning yashil maydonda ustalar bilan tengma-teng kurash olib borishlari barcha-barchada kuchli taassurot uyg‘otadi. Bundan tashqari, «Hisor»- (Shahrisabz)ning sobiq ittifoq qishloq jamoalari o‘rtasidagi musobaqada «Oltin boshoq» kubogini qo‘lga kiritgani ham viloyat futbolida katta tarixiy voqelikka aylanadi.

***

Mustaqillik, hurlik, ozodlik epkinlari futbolimiz ravnaqiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. 1992 yilda futbol bo‘yicha O‘zbekis­ton milliy chempionati oliy va birinchi liga jamoalari start­ga chiqdi. Jamoalar avvalgi mavqei va moddiy imkoniyatlariga ko‘ra, ikki divizionga ajratildi. Milliy chempionat yo‘lga qo‘yilgach, dastlabki 3 mavsum elit ligada Qashqadaryo viloyatidan jamoa qatnashmagandi. Tabiiyki, vohalik muxlislar sevimli klublarini kuchlilar safida ko‘rishni istashardi. Shu joyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1993 yili futbolni yanada rivojlantirishga qaratilgan qarori chiqdi va bu ham Qashqadaryo viloyatida birinchi raqamli sport turiga e’tiborni yanada kuchaytirdi. Viloyat hokimligi barcha tumanlarda futbolni ommalashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqdi. Futbolni sevuvchi, uni qadrlovchi kadrlar salohiyati shakllantirildi va tegishli mas’ullar ta­yinlandi. Natija qisqa muddatda o‘z samarasini berdi - «Mash’al» 1994 yilgi mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, muddatidan oldin elitaga yo‘llanma oldi. Bu voha futboli, uning taraqqiyotidagi ilk natija edi. Viloyat markazida shakl­lantirilgan birinchi liga ishtirokchisi «Dinamo-Nasaf»ni kuchlilar safida ko‘rish bo‘yicha boshlangan sa’y-harakatlar esa 1997 yili samara berdi. Shuningdek, Qarshidagi «Mehnat» stadioni qayta ta’mirdan chiqarilib, jamoalar va muxlislar uchun shart-sharoitlar yaratildi. Asosiysi, «Nasaf»­ning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga birlamchi vazifa sifatida qaraldi. Bu borada viloyatning o‘sha paytdagi rahbari O.Parmonov, «Nasaf» prezidenti N.Zayniyev, bosh murabbiylar B.Davlatov, V.Borisov, B.Hakimov, V.Kumikov, V.Makarov, A.Demyanenko, R.Berdiyevning xizmatlari beqiyos. Xullas, kuchli harakat va e’tibor ortidan «Nasaf» o‘zbek futbolida o‘zining porloq istiqbolini topdi.

*** 

2006 yilning may oyida O‘zbekiston futbol federasiyasi mutaxassislari Qash­qadaryo viloyatiga safar uyushtirganlari bejiz emas. Chunki voha keyingi yillar futbol markazlaridan biriga aylanib borayotgani qad rost­layotgan sport inshootlari ahvolini o‘rganishni taqozo etardi. Barchasiga bevosita guvoh bo‘lgan O‘FF vakillari amalga oshirilayotgan ishlardan qoniqish hosil qilishdi. Viloyat rahbariyatining bevosita harakati hamda hukumatning rahnamoligida Qarshi shahrida 16 gektar maydonni egallagan zamonaviy stadion qad ko‘tardi. Shu tariqa «Nasaf» uchun imkoniyatlar yanada kengaydi. Jamoa o‘z solnomasiga zafarli yurishlarni yoza boshladi. Jumladan, 2002 yili Osiyo klublar turnirida yarim final dovoni zabt etildi. Keyinchalik jamoa OCHLda 8 marta ishtirok etdi. «Nasaf» shuningdek, 2011 yili OFK kubogi g‘olibiga aylandi, mavsum-2021da ushbu turnir finalida o‘ynadi. 2022 yili ham zafarli odim davom ettirildi - Superligada 3-o‘rin va O‘zbekiston kubogi. Jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyevning Superliganing 2022 yildagi eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etilgani fidoiy mehnatga berilgan yuksak bahodir.

«Nasaf»ning O‘zbekistondagi yutuqlari

- 11 karra bronza medali sohibi

- 3 karra kumush medal sohibi

- 3 karra kubok sohibi

- 2 karra superkubok sohibi

Husan TEMIROV

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:46, 15.09.2023.
O'qildi: 1420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.